VAKOLATLI IQTISODIY OPERATOR MAQOMINING MOLIYAVIY SAMARADORLIGI: BOJXONA TOʻLOVLARINI KECHIKTIRIB TOʻLASH IMTIYOZIDAN FOYDALANISH TAHLILI

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.60078/2992-877X-2026-vol4-iss5-pp171-178

Annotasiya

Ushbu tadqiqot Oʻzbekiston Respublikasida 2019-yildan joriy etilgan vakolatli iqtisodiy operator (VIO) institutining muhim moliyaviy imtiyozlaridan biri – bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlash mexanizmidan foydalanish dinamikasini empirik jihatdan oʻrganadi. 2021-2025-yillar davomida  96 ta VIO maqomiga ega (faol) korxonaning bojxona yuk deklaratsiyalaridagi ma’lumotlari asosida oʻtkazilgan tahlil shuni koʻrsatdiki, kechiktirib toʻlangan bojxona toʻlovlari summasi ulushi 2021-yildagi 9,95 foizdan 2023-yilga kelib 33,66 foizgacha oʻsdi, soʻngra 2025-yilda 24,51 foizda barqarorlashdi. Toifaviy kesimda yaqqol tafovut  aniqlandi: I toifali firmalar 9,9%, yuqori toifali firmalar (I va II, II, III toifalar) esa 28,9% ulushda kechiktirib toʻlash imtiyozidan foydalanmoqda. Tadqiqot VIO maqomining vaqt va yoʻlak samarasi bilan bir qatorda muhim moliyaviy kapital boshqaruvi vositasi ekanini empirik jihatdan asoslaydi hamda VIO institutining amaliy samaradorligini oshirishga qaratilgan aniq takliflarni ilgari suradi.

Kalit so‘zlar:

vakolatli iqtisodiy operator bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlash bojxona toʻlovi moliyaviy imtiyoz aylanma kapital bojxona maʼmuriyatchiligi savdoni osonlashtirish toifaviy tafovut

Bibliografik manbalar

Bachtiar, B. K. va Inayati (2021). Analysis of Authorized Economic Operator Policy in the Tanjung Priok Customs and Excise Service Office: Strengths and Weaknesses. Advances in Social Science, Education and Humanities Research, 558, 310–317.

Grainger, A., Knight, L. va Tansey, O. (2020). Trade facilitation and customs modernisation in ASEAN. Journal of World Trade, 54(3), 445–468.

Jahon bojxona tashkiloti (2023). WCO SAFE standartlari doirasi (qayta ko‘rib chiqilgan nashr). Bryussel: WCO.

Kim, C.B., Chung, I.S. va Joo, H.-Y. (2019). Effects of AEO-MRA on the performance of exporters and importers in Korea. Journal of Korea Trade, 23(3), 78–93.

McLinden, G. va Fanta, E. (2011). Border management modernization. Washington: World Bank Publications.

Nkhahle, O. va Baldavoo, K. (2025). Evaluating AEO in facilitating trade and improving compliance. International Journal of Research in Business and Social Science, 14(9), 201–210.

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (2022). Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasi. lex.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (2019). Vakolatli iqtisodiy operator instituti to‘g‘risida. Toshkent: lex.uz

Xo‘jayev, F. E. (2024). MDH mintaqasida transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishda EOII transport integratsiyasining tashqi omillari. Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot, 11(11), 1099–1102.

Yuklashlar

Nashr qilingan

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Shukurov , O. (2026). VAKOLATLI IQTISODIY OPERATOR MAQOMINING MOLIYAVIY SAMARADORLIGI: BOJXONA TOʻLOVLARINI KECHIKTIRIB TOʻLASH IMTIYOZIDAN FOYDALANISH TAHLILI . Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 4(5), 171-178. https://doi.org/10.60078/2992-877X-2026-vol4-iss5-pp171-178