PENSIYA TIZIMI FAOLIYATINING XORIJIY TAJRIBASI
DOI:
https://doi.org/10.60078/2992-877X-2026-vol4-iss1-pp29-37Annotasiya
Mazkur maqolada pensiya ta’minoti va majburiy pensiya sug‘urtasining zamonaviy davlatlarning ijtimoiy himoya tizimidagi o‘rni hamda ularning barqaror rivojlanishni ta’minlashdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda Germaniya, Italiya va AQSh pensiya tizimlari misolida majburiy, korporativ va xususiy pensiya ta’minoti darajalari, ularning moliyalashtirish manbalari, ishtirokchilar doirasi hamda funksional xususiyatlari qiyosiy tahlil qilindi. Shuningdek, davlatning pensiya tizimidagi tartibga soluvchi roli, avlodlar birdamligi tamoyili, jamg‘arib boriladigan pensiya mexanizmlarining ahamiyati va aholi qarish jarayonining pensiya tizimiga ta’siri ko‘rsatib berildi. Maqolada pensiya yoshi, minimal sug‘urta staji, badallar miqdori kabi mezonlar bo‘yicha ayrim xorijiy mamlakatlar tajribasi solishtirildi. O‘zbekiston pensiya tizimining hozirgi holati, demografik o‘zgarishlar sharoitida uning moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar, majburiy pensiya sug‘urtasini takomillashtirish zarurati va islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari asoslab berildi. Xulosa qismida xalqaro tajribani milliy sharoitga moslashtirgan holda pensiyaning jamg‘ariladigan qismini rivojlantirish, aktuariy baholashni kuchaytirish, majburiy va ixtiyoriy pensiya mexanizmlarining uyg‘unlashuvi pensiya tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
pensiya ta’minoti pensiya tizimi ijtimoiy himoya fond sug‘urta badallari sug‘urtalangan shaxslarBibliografik manbalar
Albyeva, T.S. (2017) ‘Osobennosti pensionnogo obespecheniya zarubezhnykh strane, Simvol nauki, (4), pp. 21–24.
Barr, N. and Diamond, P. (2008) Reforming pensions: Principles and policy choices. Oxford: Oxford University Press.
Bloom, D. and Canning, D. (2008) Global demographic change: Dimensions and economic significance. NBER Working Paper No. 10817.
Dmitryuk, I.N. (2015) ‘Pensionnaya sistema Germanii’, Ekonomika i sotsium, (2), p. 94.
Holzmann, R. and Hinz, R. (2005) Old-age income support in the 21st century: An international perspective on pension systems and reform. Washington, DC: World Bank.
Lee, R. and Mason, A. (2011) Population aging and the generational economy: A global perspective. Cheltenham: Edward Elgar.
OECD (2019) Pensions at a Glance 2019: OECD and G20 Indicators. Paris: OECD Publishing.
Pension Fund of the Republic of Uzbekistan (n.d.) Official website of the off-budget Pension Fund under the Ministry of Finance of the Republic of Uzbekistan. Available at: http://www.pfru.uz
Shermukhamedova, Sh.A. (2016) ‘Pensionnye sistemy zarubezhnykh stran’, Innovatsionnye tekhnologii v nauke i obrazovanii, (3), pp. 309–311.
Siraeva, R.R. (2015) ‘Pensionnaya sistema Germanii’, Ekonomika i sotsium, (2), p. 142.
Vasilenok, V.L. and Mel’nikov, K.S. (2015) ‘Zarubezhnyy opyt pensionnogo obespecheniya i reformirovanie pensionnoy sistemy RF’, Ekonomika i ekologicheskiy menedzhment, (2), pp. 117–119.
Yuklashlar
Nashr qilingan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Nashr
Bo'lim
Litsenziya

Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 Worldwide.









