Ushbu maqolada oziq-ovqat sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni oshirishda xorijiy davlatlar tajribasi, oziq-ovqat sanoati korxonalaridagi innovatsion yangiliklar, mamlakatizmida oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar, mavjud muammolar, olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va ularning natijalari, statistik tahlilar hamda innovatsion yechimlarni amaliyotga tadbiq etishga qaratilgan bir qator masalalar ilmiy jihatdan bayon etilgan.
Ushbu maqolada korxonalar faoliyatini zamonaviy mexanizmlar asosida takomillashtirishni taqozo etuvchi innovatsion iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va islohotlar bayon etilgan. Shuningdek innovatsion iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy siyosat va strategiyalarni ishlab chiqish va bu o‘zgarishlarni yangi usul, yangi texnika – texnologiya bilan ta’minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aynan bu borada “innovatsiya” atamasi, uning vujudga kelish bosqichlari va tasniflanishi ko‘rib chiqilgan. Innovatsiyalarning bugungi kunda, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishdagi ahamiyati, uning jahon iqtisodiyotiga ta’siri o‘rganilgan.
Mazkur maqolada O‘zbekistonda ziyorat turizmi infratuzilmasini rivojlantirish jarayonida xususiy investitsiyalarning tutgan o‘rni, ularning iqtisodiy samaradorligi hamda so‘nggi yillardagi islohotlar ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida statistik tahlil, komparativ (xalqaro) taqqoslash, SWOT tahlili va kontent tahlili kabi metodlar qo‘llanib, ziyorat turizmi infratuzilmasi rivojining hozirgi tendensiyalari va investitsion salohiyat baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, xususiy sektor ishtiroki sohani modernizatsiya qilishda, xizmatlar sifatini oshirishda va turistlar oqimini ko‘paytirishda muhim omil bo‘lib bormoqda. Xususan, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining kengayishi, raqamlashtirish, klaster yondashuvi va xalqaro hamkorlikning kuchayishi ziyorat turizmining istiqbolli rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
O‘zbekistonda iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirish, iktisodiyotning barcha tarmoqlariga bozor mexanizmlarini izchillik bilan joriy etish, kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish,raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, davlat kompaniyalarini transformatsiya kilish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash hozirgi kunda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini tashkil etadi. Mazkur iqtisodiy islohotlar doirasida “tovar va moliya bozorlarida erkin raqobat muhitini shakllantirish”, “hayot sug‘urtasi tarmog‘ini hamda shaxsiy sug‘urtani aholi orasida ommalashtirish, ularni keng miqyosda targ‘ib qilish hamda yangi hayot va shaxsiy sug‘urta turlarini rivojlantirish” bo‘yicha dolzarb vazifalarning belgilanganligi mamlakatda sug‘urta faoliyatining nazariy- metodologik va amaliy asoslarini takomillashtirish, sug‘urta xizmatlarining moliyaviy xizmatlar tarkibidagi salmog‘i va sifat darajasini oshirish yuzasidan tadqiqot ishlarini amalga oshirish zaruriyatini ko‘rsatib beradi.