Ushbu maqola jismoniy tarbiya va sportning alohida tashkiloti darajasida eng samarali boshqaruv usullarini topish uchun jismoniy tarbiya va sportga xizmat ko'rsatish sohasidagi tashkilotlarning logistika tizimlarini shakllantirish va faoliyatining nazariy asoslarini ochib beradi. Logistika tizimining asosiy ta’riflari ifodalangan.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohalarini raqamlashtirish jarayonlari, ularning samaradorlikka ta’siri va korrupsiyani kamaytirishdagi roli tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, xizmat sifati va tezkorligini oshirish, shuningdek, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash orqali korrupsiya xavfini minimallashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Mamlakatda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, elektron hukumat tizimi, onlayn xizmatlar va “aqlli” yechimlar misolida tahliliy yondashuv asosida tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbumaqolada xizmat ko‘rsatish sohasining asosiy ko‘rsatkichlari va rivojlanishistiqbollari o‘rganib chiqilgan. Shuningdek, xizmatlar sohasining milliy iqtisodiyotda tutgan o‘rni, ahamiyati, uning YaIM dagi ulushi va asosiy ko‘rsatkichlari statistik tahlil qilingan.
Ushbu tadqiqot xizmat ko‘rsatish sohasida kadrlar raqobatbardoshligini oshirish mexanizmini takomillashtirishga, soha xodimlarining malaka darajasini, innovatsion yondashuvlarini va professional rivojlanishini tahlil qilib, ularni raqobatbardosh qilish uchun samarali strategiyalarni aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotda soha mutaxassislarining intervyulari, so‘rovnomalar va mavjud adabiyotlar tahlili orqali kadrlar salohiyatini oshirish omillari – ta’lim, trening, motivatsiya va innovatsion boshqaruv tizimlari o‘rganilgan
Mazkur maqolada tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning an’anaviy va zamonaviy ehtiyojlar taqqoslanishi, tibbiy xizmatlar sohasi rivojlanishining innovatsion tendensiyalari hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlarining an’anaviy va zamonaviy trendlari xususiyatlari tahlili keltirilib amaliy xulosalar chiqarilgan.
Ushbu maqolada O‘zbekistondagi mehmonxona sektorining rivojlanish ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqilib, sohaning hozirgi tendensiyalari va istiqbollari tahlil etiladi. Tadqiqot doirasida so‘nggi yillardagi rasmiy statistik ma’lumotlar, joylashtirish vositalari mehmonlarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus tizimi ma’lumotlari to‘plandi va o‘rganildi. Shuningdek, mehmonxona xizmatlari bozorining rivojlanish dinamikasiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash maqsadida mehmonxona sohasi vakillari orasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Olingan natijalar turizm sanoatining milliy strategiyasi doirasida sohani yanada takomillashtirish va rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash imkonini beradi.