Global iqtisodiyot sharoitida kimyo sanoati tez o‘zgarishlarga yuz tutmoqda. Dunyo kimyo industriyasidagi o‘zgarishlar va tayyor maxsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq muammolar yangicha yondoshuvlarni talab qilmoqda. Tarmoq korxonalarini barqaror rivojlanishi mavjud resurslar va ulardan samarali foydalanishni ta’minlashga doir boshqaruv qarorlariga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Boshqaruv hisobi resurslarni samarali tashkil etish va ulardan foydalanishni ta’minlashning vositasi sifatida boshqaruv hisobi boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida o‘z o‘rniga ega. Boshqaruv hisobining yetarli darajada tashkil etilmasligi va unda qo‘llaniladigan zamonaviy usullarning foydalanilmasligi ishlab chiqarishni tashkil etish va uning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Boshqaruv hisobida xarajatlar hisobini tashkil etish va foydalanish samaradorligini ta’minlash ustuvor masalalardan bo‘lib hisoblanadi. Xarajatlarni tashkil etishda boshqaruv hisobining zamonaviy usullaridan foydalanish xarajatlarni zamonaviy usulda tashkil etishni ta’minlaydi. Bugungi kunda boshqaruv hisobida qo‘llanilayotgan zamonaviy usullardan biri ABC costing yoki faoliyatlarga yo‘naltirilgan usul bo‘lib hisoblanadi. Ushbu ilmiy ishda ABC costing usuli va uni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari tadqiqot obyekti sifatida olindi.
Global iqtisodiyotning tez sur’atlar bilan rivojlanishi energiya, xom ashyo va minerallarga bo‘lgan talabni ortishiga va bu o‘z navbatida qazib olish, qayta ishlash xamda kimyo sanoatining rivojlanishiga olib keldi. Kimyo sanoati raqobatbardoshlikni ta’minlash va uni barqarorligini ta’minlash bugungi kunda tarmoqni rivojlantirish muxim omillaridan biriga aylandi. Korxona raqobatbardoshligi resurslar foydalanish samaradorligini ta’minlashga bevosita bog‘liq. Boshqaruv hisobida korxonalarda qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash, xarajatlarni optimallashtirish kabi usullar yordamida resurslarni tashkil etish va foydalanish samaradorligi ta’minlanadi. Ayniqsa xarajatlarni tashkil etish samaradorligini ta’minlashda, maxsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlashda ABC (Activity-Based Costing) usuli samaralidir.
Maqoladatо‘qimachilik korxonalarida xarajatlarni kamaytirish va uzluksiz ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida resurslar yetkazib beruvchilar bilan samarali о‘zaro munosabatlarni tashkil etish natijalariga tayanib, strategik rejalashtirishni takomillashtirish masalasi о‘rganilgan.