Global iqtisodiyot sharoitida kimyo sanoati tez o‘zgarishlarga yuz tutmoqda. Dunyo kimyo industriyasidagi o‘zgarishlar va tayyor maxsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq muammolar yangicha yondoshuvlarni talab qilmoqda. Tarmoq korxonalarini barqaror rivojlanishi mavjud resurslar va ulardan samarali foydalanishni ta’minlashga doir boshqaruv qarorlariga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Boshqaruv hisobi resurslarni samarali tashkil etish va ulardan foydalanishni ta’minlashning vositasi sifatida boshqaruv hisobi boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida o‘z o‘rniga ega. Boshqaruv hisobining yetarli darajada tashkil etilmasligi va unda qo‘llaniladigan zamonaviy usullarning foydalanilmasligi ishlab chiqarishni tashkil etish va uning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Boshqaruv hisobida xarajatlar hisobini tashkil etish va foydalanish samaradorligini ta’minlash ustuvor masalalardan bo‘lib hisoblanadi. Xarajatlarni tashkil etishda boshqaruv hisobining zamonaviy usullaridan foydalanish xarajatlarni zamonaviy usulda tashkil etishni ta’minlaydi. Bugungi kunda boshqaruv hisobida qo‘llanilayotgan zamonaviy usullardan biri ABC costing yoki faoliyatlarga yo‘naltirilgan usul bo‘lib hisoblanadi. Ushbu ilmiy ishda ABC costing usuli va uni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari tadqiqot obyekti sifatida olindi.
Maqolada Oʻzbekiston sharoitida sport tashkilotlarining tadbirkorlik faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirishning dolzarb muammolari koʻrib chiqiladi. Daromadlarni shakllantirish, xarajatlarni nazorat qilish va sport tashkilotining umumiy moliyaviy barqarorligini oshirish jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan iqtisodiy mexanizm taklif etilgan. Mexanizm moliyaviy-iqtisodiy, marketing, tashkiliy-boshqaruv va nazorat-tahlil bloklarini oʻz ichiga oladi. Taklif etilayotgan mexanizmning samaradorligi “Lokomotiv” futbol klubi misolida koʻrsatilgan, uning asosiy daromad manbalari va xarajatlar yoʻnalishlari tahlil qilingan, shuningdek, natijadorlikni baholash uchun maqsadli koʻrsatkichlar taklif etilgan.
Ushbu maqolada qurilish materiallari sanoati korxonalarida ekologik investitsiyalarni hisobga olish tizimini takomillashtirish masalasi o‘rganilgan. Amaldagi buxgalteriya schyotlar tizimida ekologik xarajatlar umumiy ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida aks ettirilishi ularni nazorat qilish va tahlil qilish imkoniyatlarini cheklashi aniqlangan. Shu munosabat bilan, 8540–“Ekologik investitsiya xarajatlarini moliyalashtirish” schyoti va unga bog‘liq 8541, 8542, 8543 subhisoblarni joriy etish taklif etildi. Tadqiqot davomida xalqaro moliyaviy hisobot standartlari bilan milliy hisob siyosati qiyoslab chiqildi hamda amaliy misollar asosida yangi buxgalteriya modelining samaradorligi asoslab berildi.