Ushbu maqolada O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining havo ifloslanishiga bevosita va bilvosita ta'siri makroiqtisodiy darajadagi ekonometrik tahlil taqdim etilgan. Tahlilda asosiy o‘zgaruvchilar tanlanib, jumladan, butun sanoat sohasida elektr ta'minoti, to'qimachilik ishlab chiqarish hajmi va to'qimachilik sanoatining umumiy sanoat faoliyatidagi ulushini o‘z ichiga olgan. Tadqiqot havo ifloslanish darajasidagi kuzatilgan og‘ishlarni tahlil etib, asosiy iqtisodiy hamda strukturaviy omillarni aniqlashtirib bergan. Tahlil natijalariga asoslanib, O‘zbekistonda atrof-muhitga salbiy ta‘sirlarni kamaytirish va havo ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan iqtisodiy va siyosiy tavsiyalar taqdim etilgan.
Mazkur tadqiqotda to‘qimachilik korxonalarining B2B bozorida qiymat zanjiri va marketing strategiyalari o‘rtasidagi bog‘liqlik nazariy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot davomida qiymat zanjirining asosiy bosqichlari va ularga mos marketing yondashuvlari o‘zaro integratsiya asosida tizimlashtirildi. O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati misolida modelning amaliy tatbiqi ko‘rsatildi. Natijalar marketing strategiyalarini qiymat yaratish jarayonlariga uyg‘unlashtirish korxonalarning raqobatbardoshligini oshirganini tasdiqladi. Mijozga yo‘naltirilganlik va strategik hamkorlik integratsiyaning asosiy omillari sifatida aniqlangan.
To‘qimachilik sanoati, global raqobat sharoitida innovatsion faoliyatni rivojlantirish va samaradorligini oshirishni maqsad qiladi. Global iqtisodning rivojlanishi iste’molning sezilarli darajada oshishiga olib keldi, ammo bu o‘sish aniq inqilobiy tengsizliklar bilan belgilanadi.
Ushbu maqolada resurs va resurs samaradorligi bо‘yicha ta’riflar keltirilgan. Shu bilan birga tо‘qimachilik sanoat korxonalarida resurslardan samarali foydalanishning ayrim jihatlariga va resurslar samaradorligining asosiy tamoyillariga e’tibor qaratilgan.