Ushbu maqolada soliqqa tortish elementlarining har biri va unda soliq bazasining bu elementlar bilan оʻzaro aloqalari haqida batafsil ma’lumot beriladi hamda tahlil qilinadi. Chunonchi, soliq elementlarining tarkibi qanday qilib soliq bazasini shakllantirishda va davlatning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda ahamiyat kasb etishi kоʻrib chiqilgan. Shuningdek, soliq tizimlarining samaradorligini oshirish va iqtisodiy оʻsishni ragʻbatlantirish maqsadida soliq bazasini kengaytirish va optimallashtirish masalalariga tоʻxtalib оʻtilgan.
Ushbu maqolada O‘zbekistonning qo‘shilgan qiymat solig‘ining fiskal samaradorligi “QQS daromadlar nisbati (VRR)” ko‘rsatkichi asosida OECD metodologiyasi bo‘yicha baholanadi. Tadqiqotda 2019–2024-yillar davomida amalga oshirilgan soliq islohotlari, jumladan QQS stavkasining pasaytirilishi, elektron hisob-faktura tizimining joriy etilishi va soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish choralari tahlil qilinadi. Natijalar mazkur davrda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va QQS tushumlari o‘sishiga qaramay, VRR darajasi deyarli o‘zgarmagani, norasmiy iqtisodiyot ulushi, naqd pul asosidagi operatsiyalar va soliq imtiyozlari QQS yig‘imdorligiga ta’sir qiluvchi muhim omillar ekanini tasdiqlaydi
Mazkur maqola ekologik innovatsiyalarni moliyalashtirishda soliq instrumentlarining rag‘batlantiruvchi va resurs safarbar qiluvchi salohiyatini tahlil qiladi. Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit ifloslanishining kuchayishi sharoitida “yashil” texnologiyalarni yaratish hamda amaliyotga joriy etish katta miqdordagi barqaror moliyaviy manbalarni talab etadi. Tadqiqotning maqsadi ekologik innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirishda soliq mexanizmlaridan foydalanish bo‘yicha xalqaro yondashuvlar mazmunini umumlashtirish, hamda O‘zbekiston sharoitida ustuvor yo‘nalishlar uchun amaliy takliflarni asoslashdan iborat. Ishda adabiyotlar sharhi bilan bir qatorda 2021-2024 yillar kesimidagi ko‘rsatkichlar asosida deskriptiv tahlil o‘tkazilib, atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar hajmi hududlar kesimida solishtirildi, shuningdek quyosh va shamol elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi dinamikasi baholandi. Natijalar emissiyalar darajasi yillar bo‘yicha o‘zgaruvchanligini va ayrim hududlarda yuqori konsentratsiyani ko‘rsatadi; qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarishida esa 2024 yilda keskin o‘sish qayd etiladi. Ushbu kuzatuvlar ekologik innovatsiyalarni rag‘batlantirishda soliq siyosati dizaynini hududiy va tarmoq xususiyatlarini inobatga olgan holda takomillashtirish zarurligini asoslashga xizmat qiladi.
Ushbu tadqiqotda O‘zbekistonning mahalliy budjetlariga 2021-2024 yillarda tushgan soliq daromadlari va ularning tarkibi tahlil qilindi. Deskriptiv statistika usuli, vizualizatsiya hamda panel ma’lumotlar strukturasi asosida yondashuv qo‘llanildi. Tahlil natijalari soliq bazasining diversifikatsiyalanayotgani va budjet daromadlarining mustahkamlanayotgani ko‘rsatdi. Xulosalarda mahalliy budjetlar barqarorligini ta’minlash, soliq siyosatini takomillashtirish va daromad manbalarini kengaytirish boʻyicha amaliy tavsiyalar keltirilgan. Tadqiqot natijalari moliyaviy barqarorlikni saqlash va mahalliy iqtisodiyotni rag‘batlantirish nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
In the article, the economic development of the electrotechnical industry, the rate of growth of the production volume of electrotechnical products, and the export indicators of electrotechnical products are studied over the years, and the geography of product export is highlighted. Development prospects for the next period have been defined.
Maqolada bevosita va bilvosita soliqqa tortishning tarixiy shakllanishi jarayonlari, mustaqillikning oʻtgan davrida soliq tizimini optimal tashkil etish yuzasidan amalga oshirilgan bevosita va bilvosita soliqqa tortish islohotlari va samarali natijalar haqidagi tadqiqot yakunlari umumlashtirib berilgan. Tadqiqotda bevosita va bilvosita soliqqa tortish jarayonlari, soliq toʻlovchilar tarkibi, soliq solish obʻekti, soliq bazasi, soliq stavkasi, soliqlarni hisoblash va budjetga toʻlash mexanizmlarini optimallashtirish masalalari yoritilgan.
Мазкур мақола Ўзбекистонда қўшилган қиймат солиғининг тарихий ривожланиши ва эволюциясига бағишланган бўлиб, унинг жорий этилишидан то бугунгача бўлган тарихий даврни кўриб чиққан. Шунингдек, Ўзбекистонда қўшилган қиймат солиғининг пайдо бўлиши босқичлардаги сабаблар ва унинг иқтисодиётга таъсири бўйича илмий тадқиқотлар олиб борилган ҳамда мавзу якунида хулоса ва тавсиялар шакллантирилган