Мазкур мақолада тўқимачилик саноатида рискларни бошқариш механизмларининг илмий ва назарий асослари келтирилган бўлиб, унда жаҳон олимлари томонидан ўрганилган жиҳатлари ҳамда хусусиятларининг наноиқтисодий даражага қадар эволюцион ўзгаришлари ёритилган.
Ushbu maqolada tijorat banklarida muammoli kreditlarning ko‘p qirrali masalalari o‘rganilgan bo‘lib ularning o‘ziga xos xususiyatlarni tushunishga e’tibor qaratgan holda, moliyaviy institutlarda risklarni boshqarishga doir muhim masalarga qaratilgan. Tadqiqot muammoli kreditlarning paydo bo‘lishiga ta’sir etuvchi omillar, ularning iqtisodiy ko‘rsatkichlari, kredit bozorining sharoitlari, qarz oluvchiga xos xususiyatlarni va tartibga solish ta’sirini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, tadqiqot muammoli kreditlarning kredit hajmi, turi va garovi kabi o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganib chiqilgan va ularni kreditlardan ajratib turadigan holatlarga oydinlik kiritilgan.Shuningdek tijorat banklari uchun kreditlarni to‘lamaslik xavfini kamaytirish uchun samarali strategiyalarni ishlab chiqish uchun muhim yondashuvlaer keltirilgan.
Ushbu maqolada islom moliya tashkilotlari faoliyati samaradorligining iqtisodiy mohiyati, uning zamonaviy moliya tizimidagi o‘rni hamda real sektorni moliyalashtirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada islom moliyasining asosiy tamoyillari — ribo, g‘arar va maysirning taqiqlanishi, real aktivlarga tayanish, foyda va zararlarni adolatli taqsimlash hamda moliyaviy operatsiyalarning shariat talablariga muvofiqligi yoritilgan. Shuningdek, islomiy moliyalashtirish vositalari hisoblangan mushoraka, mudoraba, murobaha, ijara, salam, istisno, sukuk, qarzi hasana va takoful kabi instrumentlarning iqtisodiy mazmuni, ishlash mexanizmi, risk va daromadlilik xususiyatlari ochib berilgan. Tadqiqotda islom moliya tashkilotlarining moliyaviy inklyuzivlikni kengaytirish, kichik va o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, investitsion loyihalarni moliyalashtirish hamda tizimli moliyaviy xatarlarni kamaytirishdagi roli asoslangan. Xalqaro AAOIFI va IFSB standartlari islom moliya institutlari faoliyatining huquqiy, buxgalteriya va prudensial asoslarini shakllantirishda muhim metodologik manba sifatida baholangan. Maqolada islom moliyaviy vositalarining samaradorligi ularning risklarni taqsimlash, aktiv bilan ta’minlanganlik, ijtimoiy mas’uliyat va barqaror iqtisodiy rivojlanishga xizmat qilish xususiyatlari orqali namoyon bo‘lishi ilmiy asoslangan.
Ushbu maqolada iste’molchilar xulq-atvoriga ta’sir etuvchi omillar ekonometrik yondashuv asosida formalizatsiya qilinadi va ularning xarid qarorlari hamda iste’mol hajmiga ta’siri miqdoriy baholanadi. Tadqiqot doirasida daromad, narxlar va inflyatsion kutilmalar, uy xo‘jaligi demografik xususiyatlari, axborotga kirish darajasi, raqamli kanal/marketing ta’siri hamda psixologik omillar (xavfga munosabat, ishonch) kabi determinantlar tizimli ravishda modellarga kiritiladi. Metodologik qismda xarid qilish ehtimolini baholash uchun logit/probit modellari, iste’mol talabi uchun regressiya va panel ma’lumotlar (fixed/random effects) yondashuvlari, endogenlik muammosini yumshatish uchun instrumental o‘zgaruvchilar hamda mustahkamlik tekshiruvlari qo‘llanadi. Natijalar iste’molchi siyosati, raqobat muhiti va bozor monitoringi uchun amaliy xulosalar ishlab chiqish imkonini beradi.