Мақолада Ўзбекистон Республикаси ҳудудлари бўйича 2010-2024 йиллар давомидаги ялпи ҳудудий маҳсулот ва аҳоли жон бошига тўғри келадиган ЯҲМнинг ўзгариш динамикаси ҳар томонлама таҳлил этилган. Статистик маълумотларга таяниб, ҳудудий табақаланишнинг чуқурлашуви бўйича барқарор тенденциялар аниқланди: аҳоли жон бошига тўғри келадиган ЯҲМнинг вариация Мақолада Ўзбекистон Республикаси ҳудудлари бўйича 2010-2024 йиллар давомидаги ялпи ҳудудий маҳсулот ва аҳоли жон бошига тўғри келадиган ЯҲМнинг ўзгариш динамикаси ҳар томонлама таҳлил этилган. Статистик маълумотларга таяниб, ҳудудий табақаланишнинг чуқурлашуви бўйича барқарор тенденциялар аниқланди: аҳоли жон бошига тўғри келадиган ЯҲМнинг вариация коэффициенти 42,9 фоиздан 70,7 фоизгача кўтарилиб, халқаро ташкилотлар белгилаган 50 фоизлик танқидий чегарадан ошиб кетди. Энг ривожланган ва энг кам ривожланган ҳудудлар ўртасидаги тафовут 3,0 баробардан 5,8 баробаргача кенгайди. Минтақавий қутбланиш жараёнларининг уч босқичли даври аниқланди: ривожланиш йўналишларининг мўътадил фарқланиши (2010-2016), ислоҳотлар даврида фаол қутбланишнинг бошланиши (2017-2020) ва номутаносибликларнинг кескин кучайиши (2021-2024). Ҳудудлар ижтимоий-иқтисодий ривожланиш даражаси бўйича уч гуруҳга ажратилиб, кластерлаштириш амалга оширилди: юқори ривожланган (Тошкент шаҳри ва Навоий вилояти), ўртача ривожланган (саккизта вилоят) ва паст ривожланган (тўртта ҳудуд). Таҳлиллар шуни кўрсатдики, ўрганилган давр мобайнида бирорта ҳам минтақанинг бир кластердан бошқасига ўтиш ҳолати кузатилмаган, бу эса минтақавий номутаносибликларнинг тизимли хусусиятга эга эканлигини англатади. Тадқиқот натижалари минтақавий сиёсатга бўлган ёндашувларни тубдан қайта кўриб чиқиш ва республиканинг ҳудудий ривожланиши учун кенг қамровли концепция ишлаб чиқиш зарурлигини кўрсатмоқда.
Maqolada savdo xizmatlarini rivojlantirishda ta’sir etuvchi omillarning hududiy jihatdan farqlanishi, rivojlanish tendensiyasining hududiy jihatdan o’ziga xos xususliyatlarga ega bo’lishi bilan o‘zviy bog’liqligi tadqiq etilgan. Shuningdek, tendensiya ko‘rsatkichlari tizimini shakllantirishda, hududiy indekatorlarning umumiy indekataorlarga mos belgisiga ega bo‘lishi keltirilgan. Tendensiya belgilari rivojlanishning ijtimoiy-iqtisodiy, texnik-texnologik qonuniyatlarni o‘rganish imkoniyatini berishi negizida ustuvor omillarni baholash mumkinligi asoslangan. Savdo xizmatlarining hududiy rivojlanish holati muayyan bir dinamikada hududiy yaxlitlik hamda tarkibiy hudud ko‘rsatkichlari taqqoslamasida tahlil qilingan. Savdo xizmatlari ko‘rsatish tarmog’ida resurs samaradorlik darajasi, tashqi savdo tizimidagi o‘zgarishlar, aholi sonining o‘zgarishi, turmush tarzidagi ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik o‘zgarishlar, savdo muhitining innovatsiyalashuv darajasi va savdo korxonalarining kapital taqsimoti tendension rivojlanish qonuniyatlarini ochib berishda eng asosiy ta’sir elementlari sifatida baholangan.
Iqtisodiyot va jamiyatning raqamli transformatsiyasi dinamikasi, raqamli rivojlanishning ko‘p qirraliligi va ko‘rsatkichlarining ko‘pligi, ularning iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlari bo‘yicha sezilarli darajada farqlanishi raqamli rivojlanishni integral baholash usullarini ishlab chiqish zarurligini taqozo etmoqda. Maqolada raqamli iqtisodiyotni shakllantirish qonuniyatlarini o‘rganish asosida raqamli rivojlanish bosqichlari, maqsadli mezonlar hamda iqtisodiyot va jamiyatni raqamlashtirish bosqichlari uchun integral, umumlashtiruvchi va qisman ko‘rsatkichlar tizimi belgilab berildi. Raqamli rivojlanish holatining integral koeffitsienti haqiqiy ko‘rsatkichlarning normallashtirilgan qiymatlari asosida qo‘shimcha model yordamida hisoblanadi. Raqamli rivojlanish potentsialini baholash uchun xususiy ko‘rsatkichlarning potensial qiymatlaridan foydalaniladi.
Mazkur maqolada ekologik noxush bo‘lgan hududlarga inestitsiyalarni ko‘proq jalb qilish va bunda mavjud muammolarni bartaraf etish to‘g‘risida xorijiy mamlakatlar, jumladan, Rossiya va Qozog‘iston respubliklari tajribalari o‘rganilgan. Xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan chora-tadbirlar bo‘yicha xulosa va takliflar ishlab chiqilgan