Mazkur maqolada bozor iqtisodiyoti sharoitida oziq-ovqat sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini ta’minlash va uni samarali boshqarishning dolzarb masalalari yoritilgan. Unda iqtisodiy islohotlar jarayonida korxonalarning innovatsion rivojlanishi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, marketing strategiyalarini takomillashtirish hamda zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish zarurati tahlil qilingan. Shuningdek, raqobat muhitini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va ichki bozorni barqaror oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash orqali sanoat korxonalarining barqaror iqtisodiy o‘sishiga erishish istiqbollari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari raqobatbardoshlikni boshqarishning strategik yo‘nalishlarini belgilash va oziq-ovqat sanoati korxonalarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashda amaliy ahamiyat kasb etadi.
Ushbu maqolada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish xizmatlarida innovatsion jarayonlarning mohiyati, o‘rni va ahamiyati keng yoritilgan. Innovatsion texnologiyalarni joriy etish jarayonida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash hamda iste’molchilar ehtiyojlarini to‘liqroq qondirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada oziq-ovqat sanoati xizmatlari tizimida zamonaviy innovatsion yechimlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati, raqobatbardoshlikni ta’minlashdagi o‘rni, ilmiy-texnik taraqqiyotning ishlab chiqarish xizmatlari rivojiga ta’siri asoslab berilgan. Tadqiqot davomida milliy oziq-ovqat sanoatida innovatsion jarayonlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlanib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.