Ushbu maqolada O‘zbekistonda “yashil ipoteka” dasturlarining joriy etish istiqbollari va iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinadi. Xalqaro tajriba misolida yashil ipotekaning afzalliklari, imtiyozli foiz stavkalari, energiya samaradorlik sertifikatlari va banklar uchun qayta moliyalashtirish mexanizmlarining ahamiyati o‘rganilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yashil ipoteka dasturlari energiya iste’molini sezilarli darajada kamaytirib, uy-joy fondining modernizatsiyasiga, aholi xarajatlarining qisqarishiga va ekologik barqarorlikning oshishiga xizmat qiladi. O‘zbekiston sharoitida ushbu dasturlarni joriy etish uchun institutsional baza, moliyaviy rag‘batlar va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarurligi aniqlangan.
Сўнгги йилларда иқтисодиётни рақамлаштириш шароитида пайдо бўлаётган банк маҳсулотлари аксарият қисми айнан рақамли банк маҳсулотларини ташкил қилмоқда. Мақолада ипотека қимматли қоғозларини миллий банк маҳсулотлари бозорида таклифини яратиш масалалари кўриб чиқилган. Бунда энг мақбул йўл сифатида молиявий технологиялар орқали ипотека кредитлари секьюритизациялаш механизмини яратиш йўли сифатида асосланди.
Ushbu maqolada aholini uy-joy bilan ta’minlash darajasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy va iqtisodiy omillar tizimlashtirilgan holda o‘rganiladi. Ishda daromad darajasi, bandlik holati, oila tarkibi, urbanizatsiya jarayonlari, ipoteka kreditlari mavjudligi, uy-joy narxlari, davlat siyosati va subsidiyalar, demografik o‘zgarishlar, infratuzilma rivojlanishi kabi asosiy omillar guruhlashtiriladi. Tadqiqot natijalari ushbu omillarning o‘zaro bog‘liqligi va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashdagi ta’sir darajasini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, davlat siyosatini shakllantirish va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun amaliy tavsiyalar berishga xizmat qiladi
Ushbu maqolada aholini uy-joy bilan taʼminlash masalasi ijtimoiy himoyaning muhim komponenti sifatida tahlil qilinadi. Maqolada uy-joy taʼminoti sohasidagi mavjud muammolar, xalqaro tajriba va Oʻzbekistondagi islohotlar koʻrib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra, samarali uy-joy siyosati ijtimoiy barqarorlik va aholi farovonligini taʼminlashning muhim omili hisoblanadi.