Ushbu maqolada 2010-2023 yillardagi Oʻzbekiston Respublikasida elektr energiyasi taʼminoti hajmi dinamikasi koʻrsatkichlari asosida, shu davrlardagi hamda 2010- yildan 2017-yilgacha va undan keyingi davrlar uchun matematik modellari tuzilgan. 2024- yildan 2030-yilgacha prognoz koʻrsatkichlari aniqlangan. Shuningdek, oʻrganilayotgan davrda elektr energiyasi taʼminoti hajmining oʻsish dinamikasi tahlil qilingan.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi va yalpi ichki mahsulot hajmi dinamikasi ko‘rsatkichlari asosida 2010- 2023- yillardagi hamda 2017-yilgacha va undan keyingi davrlar uchun matematik modellari tuzilgan. 2024-yildan 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan. Shuningdek, o‘rganilayotgan davrda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining yalpi ichki mahsulot hajmiga ta’sirini ekonometrik tahlil qilingan.
Mazkur maqolada vaqtli qatorlarning chiziqsiz trendlarini aniqlash, matematik modellash, regressiya usullari bilan trend tenglamalarini topish va bashoratlash kabi bosqichlar yoritilgan. Ayniqsa, iqtisodiy jarayonlarning murakkab dinamikasi hisobga olingan holda, eksponensial, logarifmik va polinomial modellarning ustun jihatlari tahlil qilingan. Amaliy misollar orqali bashorat natijalarining aniqligi va xatolik mezonlari ko‘rib chiqilgan.
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etishning nazariy, uslubiy va institutsional jihatlari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot bozor mexanizmlariga asoslangan iqtisodiyot sharoitida anʼanaviy kadastr baholash usullarining cheklanganligini asoslab beradi hamda xalqaro tajribaga mos, shaffof va avtomatlashtirilgan ommaviy baholash tizimini joriy etish zaruratini ochib beradi. Ishda individual va ommaviy baholash yondashuvlarining qiyosiy tavsifi berilib, ularning soliq bazasini shakllantirishdagi o‘rni va funksional farqlari yoritilgan. Ommaviy baholash jarayonida GIS-texnologiyalar, matematik-statistik modellar, katta hajmdagi maʼlumotlar (Big Data) va multiplikativ baholash modellaridan foydalanishning afzalliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, amalga oshirilayotgan islohotlar, normativ-huquqiy baza, institutsional tuzilma hamda baholash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ko‘chmas mulk solig‘ini adolatli va iqtisodiy asoslangan tarzda hisoblash, byudjet daromadlarini barqarorlashtirish hamda ko‘chmas mulk bozorida shaffoflikni oshirishga xizmat qiladi.