Jahon iqtisodiyotida biznes va marketing faoliyatini to‘liq raqamlashtirish masalalari ustuvor tendensiyalardan biri sifatida qaralmoqda. Bugungi kunda har bir tadbirkordan iste’molchilarga doir ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida amalga oshiriladigan marketing tadqiqot jarayonlarini raqamlashtirish hamda ushbu jarayonlarning samaradorligini yanada oshirish uchun CRM tizimidan foydalanish bo‘yicha ko‘nikma va malakaga ega bo‘lish talab etiladi. Shu boisdan, ushbu maqolada korxonaning innovatsion marketing faoliyatini samarali tashkil etishda CRM tizimlari orqali marketing tadqiqotlarini o‘tkazishning ahamiyati va zarurati nazariy ma’lumotlar hamda xorij olimlarining ilmiy ishlari asosida ochib berilgan. Ushbu maqolada tezkor va sifatli marketing tadqiqotlarini tashkil etishda CRM tizimlaridan samarali foydalanish yo‘llari va uni amalga oshirish bo‘yicha muallif tomonidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada marketing strategiyasining nazariy asoslari, asosiy tamoyillari va rivojlanish bosqichlari oʻrganilib, uning toʻqimachilik korxonalari faoliyatining samaradorligini oshirishdagi oʻrni alohida taʼkidlanadi. Tadqiqotda toʻqimachilik sanoatining iqtisodiy holati, eksport tendensiyalari, raqobatbardoshlikning ortib borishi hamda marketingning biznes maqsadlariga strategik taʼsiri kabi muhim jihatlar tahlil qilinadi. Ushbu tadqiqot akademik adabiyotlar, statistik maʼlumotlar, ilmiy maqolalar va ishonchli onlayn manbalar asosida olib borilgan boʻlib, marketing strategiyalarining toʻqimachilik korxonalarining raqobatbardoshligi va barqarorligiga qoʻshayotgan hissasi yuzasidan chuqur tahliliy xulosalarni taqdim etadi.
Ushbu maqolada zamonaviy bozor sharoitida narx siyosati va marketing tadqiqotlari integratsiyasi orqali optimal sotish strategiyasini ishlab chiqish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida narx belgilashning turli usullari, iste’molchilar xatti-harakatlari va raqobat muhiti tahlil qilingan. O‘zbekiston bozorida faoliyat yuritayotgan korxonalar misolida empirik ma’lumotlar to‘plangan va statistik tahlil qilingan. Natijada narx elastikligi, bozor segmentatsiyasi va raqobatbardoshlikni oshiruvchi integratsiyalashgan strategiya ishlab chiqilgan.
Maqolada chakana savdo korxonalari faoliyati, ularga ta’sir qiluvchi omillar tahlili, chakaa savdoni rivojlantirish bo‘yicha olimlarning ilmiy-nazariy yondashuvlari, chakana savdoni rivojlantirishda xorijiy tashkilotlarning tahlillari o‘rganilgan. Chakana savdo tashkilotlarining marketing tadqiqotlari olib borildi.
Maqolada qishloq xoʻjaligida yetishtiriladigan dorivor oʻsimliklar zamonaviy tibbiyot va farmatsevtikada muhim oʻrin tutadi. Biroq, ularning bozordagi samaradorligini sotish mexanizmlarini takomillashtirish orqali sezilarli darajada oshirish mumkin. Dorivor o'simliklarni sotish samaradorligini oshirish metodologiyasi bir qator asosiy bosqichlarni o'z ichiga oladi. Maqolada bu kabi masalalar ilmiy va amaliy tomonlari haqida ma’lumotlar keltirilgan
Ushbu maqolada iste’molchilar xulq-atvoriga ta’sir etuvchi omillar ekonometrik yondashuv asosida formalizatsiya qilinadi va ularning xarid qarorlari hamda iste’mol hajmiga ta’siri miqdoriy baholanadi. Tadqiqot doirasida daromad, narxlar va inflyatsion kutilmalar, uy xo‘jaligi demografik xususiyatlari, axborotga kirish darajasi, raqamli kanal/marketing ta’siri hamda psixologik omillar (xavfga munosabat, ishonch) kabi determinantlar tizimli ravishda modellarga kiritiladi. Metodologik qismda xarid qilish ehtimolini baholash uchun logit/probit modellari, iste’mol talabi uchun regressiya va panel ma’lumotlar (fixed/random effects) yondashuvlari, endogenlik muammosini yumshatish uchun instrumental o‘zgaruvchilar hamda mustahkamlik tekshiruvlari qo‘llanadi. Natijalar iste’molchi siyosati, raqobat muhiti va bozor monitoringi uchun amaliy xulosalar ishlab chiqish imkonini beradi.