Maqolada kreativ iqtisodiyot, inklyuziv iqtisodiyot, inklyuziv taʼlim va imkoniyati cheklangan shaxslar kabi tushunchalarning mazmun-mohiyati yoritib berilgan, hamda imkoniyati cheklangan talabalarning kreativ iqtisodiyot sohalarida ishtirokini oshirishga oid yoʻnalishlar koʻrsatilgan
Saidahror Gulyamov , Akram Ochilov , Azizjon Rashidov
Maqolada 2024-yilda qabul qilingan “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi Qonun (№ O‘RQ-970) hamda Prezidentning 2026-yil 16-fevraldagi PQ-64 va 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son qarorlarini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt (SI) kreativ iqtisodiyot rivojida muhim omil sifatida namoyon bo‘lib, ijodiy mahsulot yaratish imkoniyatlarini kengaytiradi va shu bilan birga an’anaviy kasblar oldiga yangi talab va vazifalarni qo‘yadi. Tadqiqotda SI texnologiyalarining san’at, musiqa, kino, adabiyot va media sohalariga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Generativ neyron tarmoqlar, mashinaviy o‘qitish va tabiiy tilni qayta ishlash vositalarining ijodiy jarayon samaradorligini oshirishdagi o‘rni yoritiladi. O‘zbekiston misolida SI ko‘nikmalariga ega kreativ mutaxassislarni tayyorlashning strategik zarurati asoslab beriladi. Shuningdek, mualliflik huquqi, intellektual mulk himoyasi va frilans mehnat bozoridagi o‘zgarishlar masalalari tahlil qilinadi.
Kreativlik va innovatsiyalar bugungi kunda butun dunyoda ishdagi yutuqlar va hayotiy muvaffaqiyat uchun asosiy ko‘nikmalar sifatida tez-tez tilga olinayotganining guvohi bo‘lib kelmoqdamiz. Innovatsiyalar tashkilot faoliyati va bozorda yashab qolishi uchun hal qiluvchi kuchdir. Mazkur maqola innovatsiya va kreativlik birligini ta’minlash – iqtisodiyot rivojlanishning omili mavzusini nazariy jihatdan yoritishga bag‘ishlangan.
Ushbu maqolada kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha milliy va xorijiy tajriba tahlili, uning mamlakat eksport salohiyatini oshirish jarayonlari va fuqarolar farovonligini oshirishdagi ahamiyati, turli mamlakatlarda ko‘rilayotgan huquqiy, tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladi, jahon boʻyicha, shuningdek, davlat organlari faoliyatini mazkur yoʻnalishda yanada takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi.