Maqolada turizm sohasida investitsiyalarni boshqarish jarayonlarini modellashtirish va faoliyatni samarali boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari nazariy va ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Maqolada investitsiya faoliyati va turizm sohasidagi investitsiya faoliyati atamalariga xorijlik va mamlakatimiz olimlarining yondashuvlari qiyosiy tahlili asosida mualliflik ta’rifi shakllantirildi, Tadqiqot jarayonida 2024-2025-yillar oralig‘idagi turizm industriyasida kiritilgan investitsiyalar hajmi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omil ko‘rsatkichlarining korrelyatsion-regression tahlili asosida modellashtirildi va 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi. Shu bilan birga, turizm sohasini samarali boshqarish uchun uning investitsion jozibadorligini baholashga ilmiy-uslubiy yondashuv taklif etildi va amaliyotda foydalanish yo‘nalishlari asoslandi.
Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiy siyosati 2017-yildan buyon savdoni liberallashtirish, diplomatik aloqalarni yaxshilash va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi saʼy-harakatlarI tufayli mamlakatimiz global iqtisodiyotda faol ishtirokchiga aylandi. Xususan, iqtisodiy rivojlangan Yevropa Ittifoqi va Germaniya kabi hamkorlar bilan savdo, investitsiya va ijtimoiy sohalarda sezilarli oʻsish kuzatildi. Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasi bilan olib borgan tashqi iqtisodiy munosabatlar tahlili va savdo-iqtisodiy integratsiyalashuv darajasini tahlil qiladi. Oʻzbekistonning ikki davlat aloqalarni chuqurlashtirish uchun qanday imkoniyatlari borligini oʻrganadi. Yangi imkoniyat va loyihalar haqida batafsil maʼlumot beribgina qolmay, kelajakdagi erishish mumkin boʻlgan natijalarni muhokama qiladi.
Ushbu maqolada boshqaruv jarayonlari samaradorligini oshirish, ta’lim sifati va raqobatbardoshlik darajasini ko‘tarish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish kabi masalalar ko‘rib chiqiladi. Ta’lim tizimining globallashuvi va raqamlashtirilishi fonida, ta’lim muassasalari oldida yangi strategik maqsadlar paydo bo‘lmoqda, bu esa menejment jarayonlarini optimallashtirishni talab qiladi. Maqolada bu sohani keng qamrovli ravishda yanada isloh qilish haqida va bir qancha boshqarish tizimlarga tushunchalar ham keltirib o‘tilgan
Ushbu maqolada baliqchilik xoʻjaliklarida “Qishloq xoʻjaligi” nomli MHXS(IAS) ni qoʻllashning uslubiy jihatlarini asoslash masalalari yoritilgan. Xususan, baliqchilikdagi biologik aktivlarga nisbatan 41-sonli “Qishloq xoʻjaligi” nomli MHXS(IAS) ning umumiy qoidalari asosida ularni tan olishning qoidalari shakllantirilgan; baliqchilikda ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulotlar tannarxini hisoblashni 41-MHXS(IAS)ga muvofiq takomillashtirish yoʻnalishlari koʻrsatilgan, hamda biologik aktivlar va ulardan olinadigan mahsulotlar turkumlandi. Shuningdek, baliqchilik mahsulotlarini baholash va hisobga olishda xalqaro tajribadan foydalanish MHXS (IAS) talablarini taʼminlash hamda xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuv (uygʻunlashuv)ga imkon berdi.