Mazkur maqolada bugungi kunda yuzaga kelayotgan global iqlim oʻzgarishi natijasida yashil iqtisodiyotga oʻtish qanchalik muhim ekanligi keltirib oʻtilgan. Shuningdek, ekologik va ijtimoiy muammolar sababli yashil iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor vazifalari hamda yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda banklarning rolini oshirish masallari va banklarda ekologik va ijtimoiy risklar va ularni baholash, yashil kreditlar, yashil obligatsiyalarni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar keltirilgan.
Mazkur maqolаda Respublikadagi aholi uy-joylarida yong`in risklarining ekspertizasini amalga oshirish, xavfsizlik uskunalarini o‘z hisobidan o‘rnatish, xavfsiz eshiklar xaridi imkoniyatlari hamda favquloddagi vaziyatlarda qarorlar qabul qilish natijasida yong`in risklarini boshqarish amaliyoti o`rganilgan. Unda respublikaning 3002 ta tasodifiy tanlab olingan aholi turar joylari ob’yekt qilib olingan. Tadqiqot statistik ma`lumotlari Goolge form onlayn tarzda ijtimoiy so`rovnoma savollarini asos qilib olingan. Adabiyotlar sharhida mavzuga oid xorijiy olimlar qarashlari tadqiq etilgan. Ekonometrik modellashtirish jarayonida Ologit modeli Stata 18.0 dasturidan foydalanilgan. Tahlillar so‘nggida regressiya modeli sifatini tekshirishda linktestdan foydalanilgan. Turar joylarida yong‘in risklarini boshqarishda o‘z hisobidan uskunalar xaridi va xavfsiz eshiklar xaridi statistik jihatdan ahamiyatli bo‘lib topilgan
Ushbu maqolada tijorat banklarida ularning raqobatbardoshligi, samaradorligi va qiymat taklifini oshirish maqsadida moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish strategiyalari koʻrib chiqiladi. Global texnologik rivojlanish va mijozlarning xohish-istaklarining oʻzgarishi bilan ajralib turadigan davrda tijorat banklari oʻzgaruvchan bozor talablariga javob berish uchun innovatsiyalar va moslashish zarurligiga duch kelishmoqda. Maqolada barqaror oʻsishga erishish va mijozlar ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish uchun banklarning asosiy strategiyalari aniqlangan. Ushbu strategiyalar orasida raqamli transformatsiya, mahsulot takliflarini kengaytirish, mijozlar tajribasini yaxshilash, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, risklarni boshqarish tizimini mustahkamlash, inson kapitalini oshirishga investitsiyalar va barqaror moliyalashtirish amaliyoti mavjud. Ushbu strategiyalarni amalga oshirish tijorat banklariga moliyaviy xizmatlar sohasida yetakchi oʻrinlarni egallashga, biznesning oʻsishini ragʻbatlantirishga va kengroq maqsadlarda iqtisodiy farovonlik va ijtimoiy farovonlikka erishishga yordam beradi.