Ushbu ilmiy maqolada tijorat banklarida mijozga yo‘naltirilgan marketing faoliyatini tashkil etish va boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi takomillashtirilganligi ko‘rib chiqilgan. Xususan, mijozlar siyosatini ishlab chiqish hamda baholash imkonini beruvchi ierarxik yondashuv taklif etilgan. Tijorat banklarida mijozlarning bank xizmatlaridan qoniqish darajasini baholash uchun GAP tahlil usulini qo‘llash asosida yangilangan metodologiya keltirilgan. Marketing bo‘limi xodimlari uchun mijozlar bilan ishlash, tashkiliy va tahliliy vazifalar bo‘yicha maxsus yo‘riqnoma taklif qilingan. Shuningdek, tijorat banklarining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan segmentatsiyaga asoslangan marketing siyosati hamda iste’molchilarning mikro va makro segmentlariga mos strategik qarorlar qabul qilishning uslubiy asoslari ishlab chiqilgan.