Ushbu maqolada hozirda amaliyotda qo‘llanilayotgan uy-joyni moliyalashtirish tizimlari klassifikatsiyasi, ta’rif va o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan. Maqola qarz va depozit munosabatlarining asosiy elementlarini ham o‘z ichiga olgan. Shuningdek, maqolada uy-joyni moliyalashtirish tizimida asosiy moliyalashtiruvchi iqtisodiyot subyeklari va moliyalashtirish mexanizmlari ham keltiril o‘tilgan.
Ko‘p xonadonli uy-joy fondlari murakkab moliyaviy tuzilmalarni va raqobatdosh talablarni boshqarishda yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash muammosiga duch kelmoqda. Ushbu maqola ko‘p xonadonli uy-joy fondlari uchun yanada samarali xizmat ko‘rsatish tizimiga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganadi, bunda ijarachilar bilan aloqa qilish, texnik xizmat ko‘rsatish vaqtlari va moliyaviy shaffoflik kabi sohalarga e’tibor qaratiladi.
Ushbu maqolada ipoteka kreditining zarurati, uning ishlash mexanizmlari va islom moliya muassasalari tomonidan taklif etilayotgan islomiy ipotekaning o‘ziga xos jihatlari o‘rganib chiqildi. Shuningdek, turli mamlakatlarda uy-joyni moliyalashtirishda foydalanilayotgan islom moliyasi instrumentlari va ularning afzalliklari tahlil qilinib, islomiy ipoteka va an’anaviy banklar taklif qilayotgan ipotekaning qiyosiy tahlili ham amalga oshirilgan.
Сифатли ва қулай шаҳар муҳитини шакллантириш кўп жиҳатдан ҳудудлардан оқилона фойдаланиш билан боғлиқ бўлиб, бунинг учун нафақат фазовий, шаҳарсозлик ва меъморий, балки барқарор ижтимоий-иқтисодий ва шаҳарсозлик ривожланишининг муҳим иқтисодий воситасига айланиб бораётган эскирган шаҳар ҳудудларини янгилаш зарур. Ушбу мақолада реновация аҳоли турмуш сифати, фаровонлиги, ижтимоий инклюзия ва маданий ворисийликни оширишга қаратилган шаҳар муҳитини ўзгартириш жараёни сифатида таҳлил қилинади. Эскирган уй-жой фонди, шаҳар ҳудудларидан самарасиз фойдаланиш ва ҳаёт сифатига ортиб бораётган талаблар муаммолари шаҳар муҳитини бошқариш механизмларини қайта кўриб чиқишни талаб қилмоқда. Мақолада "реновация" тоифасини аниқлаш бўйича ёндашувлар кўриб чиқилган, реновацияга халқаро ёндашувлар кўриб чиқилган ва уларни Ўзбекистонда жорий этиш бўйича таклифлар шакллантирилган
Maqolada yashil obligatsiyalar va ularning bir turi bo‘lgan yashil ipoteka obligatsiyalarining jahon moliya bozoridagi o‘rni hamda O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Yashil obligatsiyalar investorlar mablag‘larini ekologik barqaror loyihalarga yo‘naltirish imkonini beruvchi muhim moliyaviy instrument sifatida tobora keng qo‘llanilmoqda. Xususan, AQShda yirik agentliklar tomonidan emissiya qilinayotgan yashil ipoteka obligatsiyalari energiya samarador uy-joy bozorini moliyalashtirishda yetakchi rol o‘ynaydi. Yevropa, Kanada va Avstraliya davlatlari tajribasi ham bu instrumentning xalqaro miqyosda barqaror rivojlanayotganini ko‘rsatadi. O‘zbekistonda esa yashil ipoteka bozori endigina shakllanib, milliy strategiyalar, xalqaro moliya institutlari ko‘magidagi pilot loyihalar hamda tijorat banklari mahsulotlari orqali bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Maqolada keltirilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yashil ipoteka obligatsiyalari nafaqat moliyaviy daromad manbai, balki iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va barqaror iqtisodiyotga o‘tishda muhim mexanizm hisoblanadi.