Ushbu maqolada turizmni barqaror rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda mehmonxona xizmatlar bozorini samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish hamda turizm sohasini tez surʼatlar bilan rivojlantirishga va milliy iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlaridan biriga aylantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Mehmonxona sohasini rivojlantirishning asosiy jihatlari o‘rganilib, taklif va tavsiyalar berilgan.
Globallashuv sharoitida turizm industriyasining jadal rivojlanishi O‘zbekistonda turistik infratuzilma boshqaruvida chuqur strukturaviy o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Ushbu maqolada turistik infratuzilmaning asosiy tarkibiy unsurlari, ularning rivojlanish tendensiyalari va iqtisodiy omillar bilan o‘zaro ta’siri tizimli ravishda tahlil qilindi. Tadqiqotda 2016-2024 yillar davomida mehmonxona xo‘jaligi quvvatining oshishi, transport-logistika imkoniyatlarining kengayishi, investitsion oqimlarning faollashuvi, hududiy turizm klasterlarining shakllanishi va xizmatlar sifati bo‘yicha statistik ma’lumotlar qiyosiy o‘rganildi. Shuningdek, infratuzilma rivojlanishining turizm talabiga ta’siri, davlat siyosati va islohotlarning sektorga qo‘shimcha impulsi, pandemiya davri va undan keyingi tiklanish jarayonlari ekonometriк modellar orqali baholandi. Tadqiqot natijalari turistik infratuzilmani modernizatsiya qilish, xalqaro turistlar oqimini ko‘paytirish, hududlar bo‘yicha infratuzilma samaradorligini oshirish hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Turizm jahon iqtisodiyotida eng muhim sohalardan biri boʻlib, mamlakatlarning iqtisodiy oʻsishi va rivojlanishiga hissa qoʻshadi. Bundan tashqari, mamlakatdagi turizmning rivojlanishi investitsiyalar hajmi, infratuzilma va xizmatlar sohasini yaxshilaydi. Mehmondoʻstlik sanoati yildan yilga dunyo iqtisodiyotiga muhim hissa qoʻshib, ish oʻrinlarini taʼminlaydi. Shu sababli koʻplab davlatlar turizmni rivojlantirish uchun katta saʼy-harakatlarni amalga oshiradilar. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda ushbu sohani yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shuning uchun turizmni boshqarish tendensiyalarini oʻrganish va istiqbolli yoʻnalishlarni aniqlash muhimdir. Ushbu maqolada jahon iqtisodiyotida turistik resurslarni boshqarish tendensiyalari, shuningdek, ularni Oʻzbekistonda amalga oshirish usullari oʻrganilgan