Ushbu maqolada global iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga ko‘rsatadigan ta’siri xalqaro ilmiy tadqiqotlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda haroratning ko‘tarilishi, yog‘ingarchilik rejimining o‘zgarishi, suv resurslarining tanqisligi kabi omillar hosildorlikka qanday ta’sir qilayotgani o‘rganiladi. Xususan, g‘alla, paxta, makkajo‘xori kabi asosiy ekinlar misolida issiqlik va namlik balansining o‘zgarishi ularning o‘sish fazalariga va hosildorlik darajasiga bevosita ta’sir qilishi isbotlangan. Turli davlatlarda olib borilgan panel regressiya, ARIMA, va GARCH modellariga asoslangan tadqiqotlar iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga sezilarli salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Maqolada, ushbu xulosalar asosida O‘zbekiston sharoitida tadqiqot olib borish zarurligi asoslanadi.
“O‘zbekiston-2030” strategiyasida qishloq xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish maqsadiga erishish borasida bir gektardan olinadigan o‘rtacha daromadni 5 ming dollarga etkazish, qishloq xo‘jaligi sohasida eksport hajmini yiliga 10 milliard dollarga etkazish, hosildorlik ko‘rsatkichlarini paxta bo‘yicha o‘rtacha 45-50 tsentnerga, g‘alla bo‘yicha – 80-85 tsentnerga etkazish kabi vazifalar ijrosini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Bu kabi vazifalarning amaliy ijrosi birinchi navbatda, sug‘oriladigan yerlardan foydalanish holatiga bog‘liq. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada sug‘oriladigan yerlardan foydalanishni takomillashtirish borasida so‘z yuritiladi.
Sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirishning muhim asosi hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada muayyan bir hudud, Sirdaryo viloyati misolida sug‘oriladigan yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinadi.