Ekologik risklar nafaqat ijtimoiy hayotga xavf soladi, balki xoʻjalik yurituvchi subyektrlarda katta moliyaviy yoqotishlarga sabab boʻladi. Ushbu sohada “yashil” moliyaviy instrumentlarni joriy qilinishi moliyaviy risklarni kamaytirish instrumenti sifatida maydonga chiqadi. Maqolada “yashil” iqtisodiyotga oʻtish istiqbollari, “yashil” moliyalashtirish tushunchasiga oid qarashlar, rivojlanish tendensiyalari, va “yashil” moliyalashtirishni tashkil etishda vujudga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy risklar va “yashil” moliyaviy instrumentlar orqali bartaraf etishi koʻzlangan moliyaviy risklar tahlil qilingan
Mazkur maqolada kapital bozori ishtirokchilarining yashil iqtisodiyotga o‘tishdagi rolini o‘rganishda yashil iqtisodiyotga o‘tishda kapital bozorining o‘rni, yashil moliyaviy instrumentlarning ahamiyati va turlari bo‘yicha yondashuvlari o‘rganilgan. Yashil investorlarning kapital bozoridagi roli, kapital bozori ishtirokchilarining yashil iqtisodiyotga o‘tishdagi funksiyalari va yashil obligatsiyalar turlarining xalqaro yashil obligatsiyalar bozoridagi ulushi tahlil qilingan. Amalga oshirilgan tahlillar asosida tegishli xulosalar berilgan.
Мазкур мақолада минтақавий ривожланишни таъминлашда молиявий воситалардан фойдаланиш механизмлари ва уларнинг иқтисодий самарадорлиги таҳлил қилинган. Тадқиқотда Европа Иттифоқи давлатлари, хусусан Польша ҳамда Туркия тажрибаси асосида ҳудудий ривожланишни молиялаштириш моделлари қиёсий ўрганилган. Мақолада молиявий воситаларнинг институционал асослари, айланмали молиялаштириш механизмлари, ҳудудий ривожланиш агентликлари фаолияти ва давлат-хусусий шерикчилиги асосида амалга оширилаётган молиялаштириш тизимларининг иқтисодий натижалари таҳлил қилинган. Таҳлил натижаларига кўра, минтақавий ривожланишда молиявий воситаларнинг самарадорлиги уларнинг қайтарилувчанлиги, манзиллилиги ва институционал мувофиқлашув даражасига боғлиқ эканлиги аниқланган. Шунингдек, Польша ва Туркия тажрибаси асосида ҳудудий молиялаштиришнинг самарали моделлари, айниқса револьвер фондлар, ҳудудий ривожланиш агентликлари ва инновацион молиявий инструментлар (венчур фондлар, “яшил” облигациялар, сукук)дан фойдаланишнинг аҳамияти асослаб берилган. Тадқиқот натижалари Ўзбекистонда минтақавий ривожланишни молиялаштириш механизмларини такомиллаштириш, ҳудудлар иқтисодий салоҳиятини ошириш ва инвестиция фаоллигини рағбатлантириш бўйича амалий тавсияларни ишлаб чиқиш имконини беради.
Mazkur maqolada O‘zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) amalga oshirish jarayonida “yashil” investitsiyalar va bandlikning ahamiyati yoritib berilgan. Maqolada BRMlarning milliy rivojlanish siyosatiga integratsiya qilinishi, “yashil” budjetlashtirish amaliyoti hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar asosida “yashil” iqtisodiyotga o‘tishning institutsional va moliyaviy mexanizmlari yoritib berilgan. Jumladan, qayta tiklanuvchi energetika sohasiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning o‘zgarish dinamikasi, davlat budjeti xarajatlarining BRM bo‘yicha markirovkasi hamda “yashil” moliyalashtirish instrumentlari tahlili orqali “yashil” investitsiyalarning BRM 7, 8, 9, 11, 12 va 13-maqsadlariga erishishdagi roli asoslab berilgan. Tahlil natijalari bo‘yicha tegishli xulosalar shakllantirilib, ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Mazkur maqola ekologik innovatsiyalarni moliyalashtirishda soliq instrumentlarining rag‘batlantiruvchi va resurs safarbar qiluvchi salohiyatini tahlil qiladi. Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit ifloslanishining kuchayishi sharoitida “yashil” texnologiyalarni yaratish hamda amaliyotga joriy etish katta miqdordagi barqaror moliyaviy manbalarni talab etadi. Tadqiqotning maqsadi ekologik innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirishda soliq mexanizmlaridan foydalanish bo‘yicha xalqaro yondashuvlar mazmunini umumlashtirish, hamda O‘zbekiston sharoitida ustuvor yo‘nalishlar uchun amaliy takliflarni asoslashdan iborat. Ishda adabiyotlar sharhi bilan bir qatorda 2021-2024 yillar kesimidagi ko‘rsatkichlar asosida deskriptiv tahlil o‘tkazilib, atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar hajmi hududlar kesimida solishtirildi, shuningdek quyosh va shamol elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi dinamikasi baholandi. Natijalar emissiyalar darajasi yillar bo‘yicha o‘zgaruvchanligini va ayrim hududlarda yuqori konsentratsiyani ko‘rsatadi; qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarishida esa 2024 yilda keskin o‘sish qayd etiladi. Ushbu kuzatuvlar ekologik innovatsiyalarni rag‘batlantirishda soliq siyosati dizaynini hududiy va tarmoq xususiyatlarini inobatga olgan holda takomillashtirish zarurligini asoslashga xizmat qiladi.