Янги Ўзбекистонда қабул қилинган “Ўзбекистон – 2030”ва “Рақамли Ўзбекистон – 2030” стратегиялари доирасида ҳамда иқтисодий ислоҳотларнинг янги босқичида баҳоловчи ташкилотлар фаолиятини такомиллаштириш, уларнинг хизмат кўрсатиш сифати ва самарадорлигини ошириш муҳим аҳамият касб этмоқда. Ушбу мақолада баҳоловчилар рейтингини баҳолаш ва уларнинг рэнкингини аниқлаш орқали баҳолаш хизматлари бозори (БХБ)да ҳалол ва соғлом рақобат муҳитини шакллантириш масалалари таҳлил қилинган. Рейтинг тизими орқали шаффофликни таъминлаш, мижозлар ишончини мустаҳкамлаш, хизмат кўрсатишда сифатни ошириш ҳамда умумий рақобатбардошликни юксалтириш имкониятлари очиб берилган. Мақолада халқаро тажрибалар таҳлили асосида миллий амалиётда жорий этилиши мумкин бўлган самарали ёндашувлар, баҳоловчиларни рейтинглаш мезонлари, баҳолаш услублари ва уларнинг натижалари муҳокама қилинган. Шунингдек, тизимни амалиётга жорий этишда учраши мумкин бўлган муаммолар ҳамда уларни бартараф этиш юзасидан таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилган.
Mazkur tadqiqot ishida investitsiya loyihalarini boshqarish jarayonida vaqt va samaradorlik omillari qanday baholanayotgani yoritib beriladi. Asosiy e'tibor loyihaning hayotiy sikli davomida samaradorlikni oshirish va loyihaning amalga oshirilish muddatlarini qisqartirish orqali iqtisodiy foyda olish imkoniyatlariga qaratilgan. Bu mavzu hozirgi kunda juda dolzarb bo‘lib, loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi va ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun asosiy mezonlardan biri sifatida qaralmoqda. Investitsiya loyihalari bo‘yicha qaror qabul qilish jarayoni ko‘pincha resurslarning cheklanganligi va vaqt omili bilan bog‘liq bo‘lib, samarali rejalashtirish va boshqaruv talab etiladi. Tadqiqotda loyihalarni boshqarishning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganilgan. Jumladan, loyihalarning vaqtni tejash imkoniyatlari va rentabelligini oshirish uchun samaradorlik mezonlari tahlil qilingan. Vaqtni boshqarishning loyiha iqtisodiyotiga ta'siri chuqur o‘rganilib, turli loyihalarni amalga oshirishda vaqtni qisqartirish orqali iqtisodiy foyda olish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda loyiha boshqaruvi samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan omillar, shu jumladan, moliyaviy resurslarning optimal taqsimoti, ish kuchi va texnologik infratuzilma kabi ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi. Loyiha boshqaruvida vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish va samarali foydalanishning investitsiya jarayoniga ta'siri amaliy misollar yordamida ko‘rsatilgan. Ishda nazariy asoslar bilan bir qatorda, O‘zbekiston va xalqaro tajribaga asoslangan misollar keltirilgan.
Ушбу мақолада суверен фондлар фаолият самарадорлигини баҳолаш усуллари ўрганилган. Шунингдек, ҳар бир таклиф этилган мезон таркибида у ёки бу мезоннинг бажарилиш даражасини объектив баҳолайдиган комплекс кўрсаткичлар ўрганилган ва таҳлил қилинган. Суверен фондлар фаолияти, улар томонидан молиялаштириладиган инвестиция лойиҳалар самарадорлигини баҳолаш кўрсаткичлари таҳлил этилган ва баҳолаш мезонлари тақдим этилган.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda davlat xizmatida faoliyat yuritayotgan har bir rahbar va xodim faoliyatining samarali bo‘lishiga alohida eʼtibor qaratilib, davlat xizmatchisi ishini ana shu tamoyillar asosida tashkil etishi zarurligi yoritilgan.
Bu maqola oliy ta'lim sohasidagi o'qituvchilar motivatsiyasini xalqaro tajribadan olingan ilmiy va amaliy asoslar boyicha tahlil qiladi. Motivatsiya, shaxsiy va jamiyatchilik sohalarida muhim rolini o'ynagan, hamkorlik maqsadlari uchun kuchli ishqibozlikni ta’minlash maqsadida o’qituvchilarning xalqaro tajribasiga asoslanadi. Xodimning motivatsiyasi va ish berishni kuchaytirish uchun ishlab chiqilgan vositalarning mos kelishi, shaxsiy faoliyatni samarali qiladi. O'qituvchilar motivatsiyasining talaba muvaffaqiyatiga ko'rsatishi bilan bog'liq ahamiyati ko'rsatkichlarni aniqlash va baholash keng tahlil qilinadi. AQSh, Birlashgan Qirollik, G‘arbiy Yevropa va Skandinaviya davlatlaridagi o'rtacha pod'rabotoklar uning unikal metodologiyasi, baholash kriteriyalari va boshqalar o'rtasida farqlikni ko'rsatadi. Maqola ta'limning kelajagini shakllantirishda o'qituvchilar motivatsiyasi va talaba muvaffaqiyati o'rtasidagi bog'liqlikni ajratib olishda e'tibor beradi.