Maqolada xalqaro moliya bozoridan kapital jalb qilishda sukuklarni emissiya qilishning maqsadi, nazariy asoslari va ahamiyati yoritilgan. Sukuklarning anʼanaviy obligatsiyalardan farqli xususiyatlari, sukuk emissiya qiluvchi mamlakatlar sonining oʻzgarish dinamikasi va ularning mamlakatlar boʻyicha taqsimlanishi, sukuk sertifikatlarni muomalaga chiqarish bosqichlari hamda global qisqa muddatli sukuklar emissiyasi umumiy hajmi tahlil qilingan. Oʻzbekistonda sukuklarni joriy etish boʻyicha taklif va tavsiyalar keltirilgan.
Ushbu maqolada islomiy qimmatli qogʻoz hisoblangan sukuk haqida maʼlumot berilgan boʻlib uni qay tartibda kimlar emissiya qilishi, moliya bozorlariga chiqarilishi va uning mamlakat iqtisodiyotida tutgan ahamiyati bayon qilingan turli xil ilmiy ishlar oʻrganib chiqilgan hamda tahlil qilingan. Ilmiy ishlarni oʻrganish va tahlil qilish jarayonida xalqaro tajribalar oʻrganilib, sukuklarni moliya bozoriga joriy qilishning xalqaro tajribalari keltirib oʻtilgan. Bunda ScienceDirect, Google Scholar va boshqa ilmiy bazalardan mavzuga doir xorij va yurtimiz olimlari tomonidan yozilgan 50 ta maqola ajratib olingan va oʻrganilgan hamda ulardan 20 tasi mazkur ilmiy ishimizda oʻz aksini topgan.
Maqolada 1991-2024-yillar davomida O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish, sanoat rivojlanishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va energiya iste’molining karbonat angidrid emissiyalariga ta’siri ARDL va ECM yondashuvlari asosida empirik tahlil qilinadi. Natijalar uzoq va qisqa muddatda iqtisodiy o‘sish ekologik samaradorlikning oshishi bilan kechayotganini, xorijiy investitsiyalar esa asosan emissiya intensiv tarmoqlarga yo‘naltirilayotganini ko‘rsatdi. Olingan xulosalar sanoat siyosatini institutsional va investitsion mexanizmlar orqali takomillashtirish zarurligiga ishora qiladi.
Maqolada yashil obligatsiyalar va ularning bir turi bo‘lgan yashil ipoteka obligatsiyalarining jahon moliya bozoridagi o‘rni hamda O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Yashil obligatsiyalar investorlar mablag‘larini ekologik barqaror loyihalarga yo‘naltirish imkonini beruvchi muhim moliyaviy instrument sifatida tobora keng qo‘llanilmoqda. Xususan, AQShda yirik agentliklar tomonidan emissiya qilinayotgan yashil ipoteka obligatsiyalari energiya samarador uy-joy bozorini moliyalashtirishda yetakchi rol o‘ynaydi. Yevropa, Kanada va Avstraliya davlatlari tajribasi ham bu instrumentning xalqaro miqyosda barqaror rivojlanayotganini ko‘rsatadi. O‘zbekistonda esa yashil ipoteka bozori endigina shakllanib, milliy strategiyalar, xalqaro moliya institutlari ko‘magidagi pilot loyihalar hamda tijorat banklari mahsulotlari orqali bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Maqolada keltirilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yashil ipoteka obligatsiyalari nafaqat moliyaviy daromad manbai, balki iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va barqaror iqtisodiyotga o‘tishda muhim mexanizm hisoblanadi.
Yashil sukuk buekologik muommolarni hal qilishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun emissiya qilinuvchi islom qimmatli qog‘ozlaridir. Mazkur maqolada yashil sukuklar emissiyasida yetakchilardan biri hisoblanadigan Malayziyadagi joriy holat, uning kelgusi yillar uchun istiqbolli loyihalari hamda investorlar uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar ko‘rib chiqilgan. Xulosa o‘rnida, O‘zbekistonda ham ushbu sektor doirasida qilinayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tilgan.
Mazkur maqola islom moliyasining nisbatan yangi instrumenti hisoblangan 2001-2022 yillardagi oʻzgarishlar dinamikasini aks ettirishga bagʻishlangan. Unda sukukning turli tasniflariga koʻra turlari boʻyicha tahlillar amalga oshirilgan. Oʻtgan davr mobaynidagi oʻzgarishlar sabablarini oʻrgangan holda sharhlar berilgan. Sukukning shakllangan trendlari boʻyicha xulosalar keltirilgan. Ayrim mamlakatlarning mazkur sohaga oid ustuvor yoʻnalishlarga ham toʻxtalib oʻtilgan.