Ushbu tadqiqotda O‘zbekistonning mahalliy budjetlariga 2021-2024 yillarda tushgan soliq daromadlari va ularning tarkibi tahlil qilindi. Deskriptiv statistika usuli, vizualizatsiya hamda panel ma’lumotlar strukturasi asosida yondashuv qo‘llanildi. Tahlil natijalari soliq bazasining diversifikatsiyalanayotgani va budjet daromadlarining mustahkamlanayotgani ko‘rsatdi. Xulosalarda mahalliy budjetlar barqarorligini ta’minlash, soliq siyosatini takomillashtirish va daromad manbalarini kengaytirish boʻyicha amaliy tavsiyalar keltirilgan. Tadqiqot natijalari moliyaviy barqarorlikni saqlash va mahalliy iqtisodiyotni rag‘batlantirish nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur maqolada O‘zbekistonda fuqarolar daromadlari darajasi va inson kapitali rivojlanishi, shuningdek, aholi turmush darajasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik o‘rganiladi. Aholi daromadlarining hududlar bo‘yicha tarkibi tahlil qilinadi, daromadlarning ta'lim, sog‘liqni saqlash va inson kapitali bilan bog‘liq boshqa aspektlarga ta'siri baholanadi. Tadqiqot turli iqtisodiy tarmoqlardagi ish haqi va daromadlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarga asoslangan. Maqsad aholi turmush darajasini yaxshilashga ta'sir etuvchi asosiy omillarni aniqlash va barqaror rivojlanish uchun mintaqaviy iqtisodiy siyosatni optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu maqolada aholi pul daromadlari va xarajatlarining statistik tahlili oʻrganilgan. Tadqiqot natijasida aholi daromadlari va xarajatlarining tarkibiy tuzilishi, ularning oʻzgarish tendensiyalari hamda bu koʻrsatkichlarga taʼsir etuvchi omillar aniqlangan. Tahlil asosida tegishli xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.