Kreativlik va innovatsiyalar bugungi kunda butun dunyoda ishdagi yutuqlar va hayotiy muvaffaqiyat uchun asosiy ko‘nikmalar sifatida tez-tez tilga olinayotganining guvohi bo‘lib kelmoqdamiz. Innovatsiyalar tashkilot faoliyati va bozorda yashab qolishi uchun hal qiluvchi kuchdir. Mazkur maqola innovatsiya va kreativlik birligini ta’minlash – iqtisodiyot rivojlanishning omili mavzusini nazariy jihatdan yoritishga bag‘ishlangan.
Maqolada iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishida inson kapitalining o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Inson kapitali innovatsion jarayonlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri sifatida qaralib, uning bilim, malaka, salohiyat va ijodiy yondashuv bilan bog‘liq tarkibiy jihatlari yoritilgan. Shuningdek, innovatsion iqtisodiyot shakllanishida kadrlar salohiyatini oshirish, ta’lim tizimini takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda tegishli infratuzilmani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari inson kapitaliga yo‘naltirilgan investitsiyalar mamlakat iqtisodiy o‘sishi, raqobatbardoshligini oshirish va innovatsion faollikni kuchaytirishda hal qiluvchi omil ekanligini tasdiqlaydi.
Maqolada telekommunikatsiya korxonalarida xizmat ko‘rsatish jarayonlariga innovatsion faoliyatni joriy etishning ilmiy-uslubiy asoslari ochib berilgan. Globallashuv, raqamli transformatsiya va “Sanoat 4.0” sharoitida mobil qurilmalar, sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimlari, internet-provayder infratuzilmalari hamda 5G texnologiyalariga xizmat ko‘rsatishda innovatsion yondashuvlarning raqobatni kuchaytirishi, xizmat sifati, moslashuvchanlik va energiya tejamkorligini oshirishi tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda raqamli infratuzilmaning kengayishi, 5G qamrov hududlarining ortishi va milliy operatorlar faoliyatida innovatsion platformalardan foydalanish tendensiyalari yoritilgan. Nazariy jihatdan Shumpeterning “ijodiy buzilish”, Rogersning “innovatsiyalar diffuziyasi”, Service-Dominant Logic hamda institutsional yondashuvlar asosida innovatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy samarasi izohlangan.