Maqolada O‘zbekistonda mehnat bozorining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, aholini ish bilan ta’minlash xizmatlari, kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ishsizlarga nafaqa to‘lash va boshqa yo‘nalishlardagi tendensiyalar tahlil qilingan. Ishda mehnat bozorini makroiqtisodiy tartibga solish modellari va instrumentlari, shuningdek ayrim xorijiy mamlakatlarda faol mehnat bozori choralarini qo‘llash tajribasi ko‘rib chiqilgan. Xorijiy manbalar sharhi asosida faol makroiqtisodiy siyosatning bandlikka ta’siri yoritilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekistondagi sugʻurta kompaniyalari uchun kapital talablarini optimallashtirish yondashuvlari oʻrganiladi. Mavjud normativ-huquqiy bazalar va xalqaro standartlar, jumladan Solvency II, tahlil qilinadi. Yetarli darajada kapitalizatsiyalanmaganlik bilan bogʻliq xavflar koʻrib chiqilib, kapital va zaxiralarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha choralar taklif etiladi. Tadqiqot ilgʻor tartibga solish tajribalarini milliy sugʻurta bozoriga moslashtirishga qaratilgan boʻlib, uning barqaror rivojlanishini taʼminlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston soliq tizimining asosiy ishtirokchilari soliqchilar va soliq to‘lovchilar sifatida qarash muhim hisoblanib, soliq tizimidagi soliqchilarning huquq va majburiyatlari, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish orqali takomillashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‘yicha tahlil qilish va ta’sirchan choralar ishlab chiqish.
Maqolada aloqa korxonalarida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish uchun innovatsion texnologiyalar va kadrlar siyosatiga oid tahlillar berilgan. Zamonaviy raqobatbardosh bozorda 5G, IoT, sun’iy intellekt va bulutli servislar kabi ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi. Bu texnologiyalar mijozlar bilan muomala jarayonlarini avtomatlashtirish, tezkor ma’lumot almashinuvini ta’minlash hamda xavfsizlikni oshirish imkoniyatini yaratadi. Bundan tashqari, yuqori malaka va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega xodimlarni jalb qilish orqali xizmat sifatini yaxshilashga erishiladi. Maqolada, shuningdek, 5G tarmoqlarini barpo qilish, IoT orqali qurilmalarni monitoring qilish, sun’iy intellekt orqali xizmat jarayonlarini optimallashtirish va bulutli texnologiyalar orqali ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda saqlash masalalari ko‘rib chiqilgan. Ushbu choralar orqali aloqa korxonalari mijozlar uchun yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlab, bozorda o‘z raqobatbardoshligini mustahkamlay olishi to‘g‘risida takliflar bildirilgan.
Ushbu maqola mehnat migratsiyasining zamonaviy jamiyatdagi gender dinamikasiga ta'sirini tahlil qiladi. Migratsiyaning motivlari va omillari, shu jumladan ish sharoitlari, resurslardan foydalanish va ijtimoiy-madaniy moslashuvlar ko'rib chiqiladi. Migratsiyaga tayyorgarlik bosqichlarida ham, boradigan joylarda ham gender tengsizliklari va kamsitishlarni aniqlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Migrantlarning kasbiy imkoniyatlari va ijtimoiy mavqeini belgilaydigan gender stereotiplari tahlil qilinadi. Maqola migratsiya va jins o'rtasidagi murakkab munosabatlarni ochib beradi, bu esa barcha migrantlar uchun jinsidan qat'i nazar, adolatli sharoitlar yaratish uchun choralar ko'rish zarurligini asoslaydi.
Ushbu maqola moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatni rivojlantirish vektorlaridan biri sifatida davlat ishtirokini kamaytirish mavzusini ko'rib chiqqan. Mualliflar moliya bozorlariga davlat aralashuvini oshirish yoki saqlab qolishning salbiy oqibatlarini tahlil qildilar. Maqolada raqobat va moliyaviy barqarorlik o'rtasidagi muvozanatni hisobga olgan holda qanday choralar davlat aralashuvini kamaytirishga yordam berishi mumkinligi muhokama qilingan.
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining o‘rta muddatli davrda inflyatsiyani pasaytirib, iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan inflyatsion targetlash rejimiga o‘tishining mamlakatdagi holati, bu maqsad yo‘lida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi amaliy tajribalar to‘g‘risida tahlillar keltirilgan. Shuningdek, mamlakatimizning yaqin istiqbolida inflyatsiyaning yuqori ko’rsatkichlarini pasaytirish va uni rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetkazishga qaratilgan choralar samaradorligi bo’yicha ilmiy xulosalar chiqarilgan.
Mazkur maqolada respublikamizda so‘ngi yillarda mamlakatda soliq va moliya sohalarida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, investitsiya muhitini yaxshilash hamda biznes doiralarning ishonchini yanada mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar yoritilgan. Shu bilan birga, iqtisodiyotda yashirin aylanma savdo va umumiy ovqatlanish, avtotransportda tashish, uy-joy qurilishi va ta’mirlash, turarjoy xizmatlarini ko‘rsatish kabi sohalar o‘rganilib, xorij tajribasi, mamlakatimizda uni qo‘llash bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosa va takliflar shakllantirilgan.