Mazkur maqola doirasida O‘zbekiston byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni yo‘lga qo‘yish, byudjet resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va moliyaviy audit xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.O‘zbekiston Respublikasining 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan fiskal strategiyasidan kelib chiqib, ushbu ilmiy tadqiqot ishida davlat moliyasi tizimini isloh qilish, byudjet xarajatlaridan samarali foydalanish tamoyillariga rioya qilish, fiskal javobgarlik va hisobdorlikni kuchaytirish, byudjetning ochiqligini ta’minlash hamda fiskal risklarni boshqarish masalalariga katta e’tibor qaratilgan.
Zamonaviy moliya fani fiskal siyosatning ijtimoiy rivojlanishga ta’sirini oʻrganishga katta e’tibor beradi. Byudjet siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha qarorlarni sifatli va oʻz vaqtida qabul qilish davlat moliyasi balansiga, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish samaradorligi darajasiga ta’sir qiladi. Byudjet siyosati davlat moliya tizimidagi moliyaviy-iqtisodiy oʻzgarishlarning samaradorligiga ta’sir qiladi, iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishni moliyalashtirishni ta’minlaydi, uning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirishni ragʻbatlantiradi, ishlab chiqarishni jadallashtirish va jamiyatning rivojlanish darajasini tezlashtiradi.
Ilmiy maqolada byudjet tаshkilоtlаridа о‘tkаzilаdigаn dаvlаt mоliyаviy nаzоrаtning sаmаrаdоrligining nazariy asoslari yoritib berilgan. Budjetdan olinayotgan mablag‘larni hududlar kesimida taqsimoti, budjet tekshiruvi, budjed nazarati va ekspertiza o‘tkazish bo‘yicha malumotlarga to‘xtalib o‘tilgan. Qolaversa bir necha moliyaviy nazoratlar amalga oshirilib tahlil qilinib chiqilgan.
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish, hududlar o‘rtasidagi tafovutlarni qisqartirish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Jumladan, Taraqqiyot strategiyasida ham hududlar iqtisodiyotini yaqin istiqbolda 1,6 baravar oshirish vazifasining belgilab berilishi hududlarni rivojlantirish imkoniyatlarini chuqur tahlil qilishni talab qiladi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash yo‘llari tahlil qilingan.
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishda byudjet, sug‘urta va bank mexanizmlarini integratsiyalash orqali moliyaviy barqarorlikni ta’minlash masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektori misolida davlat byudjeti subsidiyalari, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi va tijorat banklari kreditlashining o‘zaro uyg‘unlashuvi natijasida yuzaga keladigan sinergetik samarani baholashdir. Metodologik asos sifatida ilmiy-adabiy manbalar tahlili, korrelatsion va regressiya tahlili, sug‘urta hisoblash modeli, kredit xavfi tahlili hamda fermer xo‘jaliklari kapitalizatsiya indeksini baholash usullaridan foydalanildi. IMF, FAO, Jahon banki, OECD va boshqa xalqaro tashkilotlar, shuningdek, O‘zbekistonning rasmiy statistik ma’lumotlari asosida ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Tadqiqot natijalari davlat agrar xarajatlari ulushi oshishi qishloq xo‘jaligi o‘sishining o‘zgaruvchanligini kamaytirishini, sug‘urta qamrovi kengayishi agrar kreditlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashini, sug‘urtalangan kreditlarda defolt ehtimoli sezilarli darajada pasayishini ko‘rsatdi. Fermer xo‘jaliklari kapitalizatsiya indeksining pastligi O‘zbekistonda agrar kapital ta’minotini kuchaytirish zarurligini tasdiqlaydi. Mualliflar byudjet, sug‘urta va bank mexanizmlarini kompleks integratsiyalash agrar sektor moliyaviy barqarorligini mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishi ekanini asoslaydi va agrar siyosat uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqadi.
Maqolada soliq riskini baholashning xorij tajribasi va undan milliy soliq tizimida foydalanish yo‘nalishlariga oid ilmiy qarashlarning ahamiyati, O‘zbekistonda iqtisodiy xatti-harakatlar va natijalarni shakllantirishda soliq siyosatining ahamiyati ko‘rsatiladi. Ular yuqori soliq stavkalari, murakkab qoidalar va past soliq axloqi tadbirkorlik faolligi va rivojlanishiga jiddiy to‘siq bo‘lishi jihatidan o‘rganilgan hamda ilmiy xulosa va takliflar shakllantirilib, soliq riskini baholashning xorij tajribasi va undan milliy soliq tizimida foydalanish yo‘nalishlarining iqtisodiy mohiyati va unga oid ilmiy qarashlar nazarda tutilgan.
Ushbu maqolada soliqlarni undirish mexanizmini takomillashtirish, soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish va taʼlimni yaxshilash, soliq tizimi va tartiblarini soddalashtirish, soliq toʻlovchilar va soliq organlari oʻrtasida samarali aloqa kanallarini rivojlantirish soliqlarni undirish mexanizmlarini takomillashtirish, bundan tashqari, adolatga boʻlgan ishonch va idrokni shakllantirish va samarali majburlov choralarini qoʻllash ham muvofiqlikni oshirish, munosabatlarni rivojlantirish tendensiyalarining nazariy va amaliy jihatlari yoritib berilgan.
Maqolada davlat xarajatlari soliq to`lovshilar tomonidan toʼlangan soliqlar hisobiga amalga oshirilganligini tushuntirish orqali ularni soliq to`lashdan manfaatdor boʼlishiga oid takliflar yoritilgan.