Ushbu maqola tashkilotlarni dinamik o'zgaruvchan muhitga moslashtirish uchun samarali strategik boshqaruv muhimligini ta'kidlaydi. Maqola mavjud uslubiy yondashuvlarni tizimlashtirish, ularning samaradorligini baholash, xavf va imkoniyatlarni aniqlash, shuningdek, boshqaruv tizimlarini rivojlantirish va takomillashtirish yo'nalishlarini aniqlashga qaratilgan. Nazariy tahlil orqali muallif boshqaruv jarayonlari samaradorligi uchun uslubiy xilma-xillikning ahamiyatini har tomonlama tushunishni maqsad qilgan
Ushbu maqolada O‘zbekiston davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruv samaradorligini baholash iSOEF institutsional diagnostikasi va WBES amaliy ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari korporatizatsiya jarayonining sustligi, shaffoflik pastligi, auditning muntazam emasligi va tartibga solish yuklamalarining og‘irligi boshqaruv samaradorligini cheklayotganini ko‘rsatdi. Integratsiyalashgan diagnostika bosqichlari orqali institutsional va amaliy muammolar o‘zaro bog‘liq holda talqin qilindi hamda boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Mazkur tadqiqot davlat korxonalarini (SOEs) boshlang‘ich ommaviy takliflar (IPO) va ikkilamchi ommaviy takliflar (SPO) orqali xususiylashtirish masalasini, ayniqsa, O‘zbekistonning rivojlanayotgan kapital bozori doirasida o‘rganadi. Koreya, Xitoy, Hindiston va Turkiya kabi davlatlarning tajribasiga tayanilgan holda, ushbu maqola davlat korxonalarining fond bozoriga chiqarilishi orqali korporativ boshqaruvni takomillashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, oshkoralikni ta’minlash va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Maqolada O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, investorlar bazasining zaifligi, listing infratuzilmasining yetarli emasligi, hamda oshkoralik va korporativ boshqaruvdagi muammolar tahlil qilinadi. Hukumat tomonidan yirik SOE’larning IPO orqali xususiylashtirilishi bo‘yicha jiddiy tashabbuslar kuzatilayotgan bo‘lsa-da, institut sarmoyadorlarning kamligi, underwriterlar faoliyatining zaifligi va aholining fond bozori haqida yetarli bilimga ega emasligi kabi tizimli to‘siqlar mavjud. Tadqiqot bosqichma-bosqich IPO joriy etish, investitsion banklar salohiyatini oshirish, oshkoralik tizimini kuchaytirish va aholining aksiyalarga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflarni ilgari suradi. Ushbu xulosalar O‘zbekistonning davlatga asoslangan iqtisodiyotdan bozor mexanizmlariga asoslangan tizimga o‘tishida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.