Maqolada bank sektorini raqamlashtirishning zamonaviy tendensiyalari ko‘rib chiqiladi, xalqaro tajribani tahlil qilish va O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni joriy etishning o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Tinkoff Bank, WeBank va Monzo kabi banklarning muvaffaqiyatli o‘zgarishi misollari keltirilgan, ular mobil ilovalar, sun’iy intellekt, blockchain texnologiyalari va CRM tizimlaridan foydalanish samaradorligini namoyish etadi. Kapitalbank ATBni raqamlashtirish kontekstida rivojlantirish istiqbollari, shu jumladan yangi texnologiyalarni joriy etish, mijozlar xizmatini takomillashtirish va axborot xavfsizligini mustahkamlash o‘rganildi. Tahlil asosida milliy xususiyatlar va xalqaro tajribani hisobga olgan holda O‘zbekiston bank tizimining raqamli transformatsiyasini jadallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Ushbu maqolada tijorat banklarda FinTech strategiyalari rivojlanishining asosiy yo’nalishlari O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan banklar misolida keltirilgan. FinTech strategiyalarining asosiy yo’nalishlaridan raqamli to'lov tizimlari, sun’iy intellekt (AI) va ma'lumotlarni tahlil qilish, blokcheyn, bank mobil ilovalar, raqamli banklar va FinTech startaplar keltirilgan. Shuningdek, ularning qo’llanilishi natijasida banklarda bo’lgan o’zgarishlar O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank ma’lumotlariga asoslangan holda tahlil qilingan. Bunda banklarda 2001 yildan 2024 yil 1 avgust holatigacha bo’lgan davrdagi muomaladagi plastik kartalar, banklar tomonidan o’rnatilgan to’lov terminallari, bankomatlar, infokiosklar, bank ilovalari, raqamli banklar to’g’risida ma’lumotlar grafik usulida keltirilib tahlil qilingan.
Blockchain texnologiyasi so'nggi yillarda dolzarb mavzudir. 2019 yil 10 oktyabrda Bosh kotib Si Tszinpin birinchi marta blockchain texnologiyasini rivojlantirish muhimligini ochiqchasiga e’lon qildi va odamlarni iqtisodiy tuzilmani o'zgartirish uchun blockchain texnologiyasidan foydalanish to‘g‘risida o'ylashga undadi. Turli sohalar, jumladan, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish, raqamli moliya, ta'minot zanjirini boshqarish va Internet mahsulotlarni yangilash va innovatsiyalarni ilgari surish uchun blokcheyn texnologiyasini birlashtirishga intilmoqda. Xuddi shunday, blockchain texnologiyasi ham ushbu sohani yanada rivojlantirish uchun audit sohasiga tegishli deb hisoblanadi. Ushbu maqola audit sohasida blockchain texnologiyasidan foydalanishni ko'rib chiqad
Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi bilan moliyaviy nazorat innovatsiyalarni qo‘llashning asosiy sohasiga aylandi. Ushbu maqolada qarorlar qabul qilishni optimallashtirish va takomillashtirishda sun’iy intellekt, katta hajmdagi ma’lumotlar tahlili va blokcheyn kabi raqamli innovatsiyalardan foydalanishning ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Jarayonlarni avtomatlashtirish, tahliliy imkoniyatlarni takomillashtirish, shuningdek, elektron to‘lovlar va moliyaviy texnologiyalarning moliyaviy boshqaruv samaradorligiga ta’siri o‘rganilgan. Moliyaviy nazorat sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq muammolar baholanib, ushbu sohada ilmiy izlanishlar olib borish va innovatsiyalarni muvaffaqiyatli qo‘llash bo‘yicha takliflar keltirilgan.
Maqolada raqamli aktivlarning mohiyati va ularning turlari, raqamli texnologiyalarni rivojlantirishdagi roli o‘rganiladi, raqamli aktivlarni muomalaga kiritish bilan bog‘liq asosiy afzalliklar va xavflar tahlil qilinadi, iqtisodiyotni yanada raqamlashtirish sharoitida bank tizimini samarali rivojlantirish bo‘yicha xulosa va takliflar berilgan.