Tadqiqotda raqamli marketing usullari tijorat banklarining iqtisodiy ko'rsatkichlariga, ayniqsa bank sektorining o'zgaruvchan muhitida qanday ta'sir ko'rsatishi batafsil ko'rib chiqilgan. Tadqiqotda Oʻzbekistondagi ATIB Ipoteka bankining 18 yillik moliyaviy maʼlumotlaridan foydalangan holda raqamli marketing xarajatlarining koʻpayishi, xodimlarni rivojlantirishga investitsiyalarning ortishi va uning banklar daromadiga taʼsiri oʻrtasidagi bogʻliqligi o’rganildi. Tadqiqotda bank sohasida marketing strategiyalar ta'sirini bashorat qilish va baholash uchun VAR (Vector Autoregressive) va ARDL (Autoregressive Distributed Lag) modellari ishlab chiqildi. Natijalar raqamli marketing harajatlarining ortishi, bank ishchi xodimlariga qilingan investitsiyalarning o‘sishi va tijorat banklarining moliyaviy muvaffaqiyatlari o'rtasidagi kuchli bog'liqligi ochib berildi. Ushbu tadqiqot raqamli marketing samaradorligi bo'yicha kengroq munozaraga hissa qo'shadi va moliyaviy institutlar uchun marketing strategiyasi va inson kapitaliga sarmoya kiritish orqali iqtisodiy samaradorligini optimallashtirishga qaratilgan qimmatli tushunchalarni taqdim etadi.
Mazkur maqolada zamonaviy sharoitlarda tijorat banklarining innovatsion marketing strategiyasining zaruriyati, asosiy yshnalishlari, amalga oshirish mexanizmlari tahliliga asoslanib uning samaradorligini oshirish yo‘llari ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, mazkur yo‘nalishdagi xorijiy va milliy tadqiqotchilarning xulosalari va tijorat banklarining mizojlarni jalb yutish yo‘nalishidagi strategiyasi o‘rganilgan.
Ushbu ilmiy maqolada tijorat banklarida mijozga yo‘naltirilgan marketing faoliyatini tashkil etish va boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi takomillashtirilganligi ko‘rib chiqilgan. Xususan, mijozlar siyosatini ishlab chiqish hamda baholash imkonini beruvchi ierarxik yondashuv taklif etilgan. Tijorat banklarida mijozlarning bank xizmatlaridan qoniqish darajasini baholash uchun GAP tahlil usulini qo‘llash asosida yangilangan metodologiya keltirilgan. Marketing bo‘limi xodimlari uchun mijozlar bilan ishlash, tashkiliy va tahliliy vazifalar bo‘yicha maxsus yo‘riqnoma taklif qilingan. Shuningdek, tijorat banklarining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan segmentatsiyaga asoslangan marketing siyosati hamda iste’molchilarning mikro va makro segmentlariga mos strategik qarorlar qabul qilishning uslubiy asoslari ishlab chiqilgan.
Maqolada tijorat banklari faoliyatiga xalqaro transformatsiyalashuv jarayonlarini joriy etishga qaratilgan ilmiy-nazariy yondashuvlar tahlili keltirilgan, tijorat banklari faoliyatida xalqaro transformatsiyalashuv jarayonlarining iqtisodiy va texnologik muhitidagi strategik tendensiyalari yoritib berilgan. Ilmiy tadqiqotlar asosida bank xizmati ko‘rsatishni oxir-oqibat mijozning bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga va bank tomonidan ular uchun haq olishga yo‘naltirilgan operatsiya va bitimlar sifatida xalqaro jarayonlarga monand ravishda transformatsiyalashuvini ta’minlash, raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan
Ushbu maqolada bank sohasida mijozlar bilan aloqalarni tizimlashtirish va ularning samaradorligini oshirishda CRM (Customer Relationship Management) tizimining roli tahlil qilinadi. Tadqiqotda bank xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni oshirish, mijozlar sodiqligini (loyalty) mustahkamlash va shaxsiylashtirilgan xizmat ko‘rsatish mexanizmlari tadqiqot qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston bank tizimida CRM texnologiyalarini joriy etishdagi muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar berilgan.