Ushbu maqolada O‘zbekiston soliq tizimining raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilinishi jarayoni har tomonlama tahlil qilinadi. Raqamlashtirishning mohiyati, soliq ma’muriyati samaradorligini oshirishdagi o‘rni hamda davlat boshqaruvi tizimida tutgan o‘ziga xos strategik ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, raqamli islohotlarning amaliy natijalari sifatida elektron hujjat almashinuvi tizimi, onlayn soliq deklaratsiyalarini topshirish platformalari, soliq to‘lovchilar kabineti, axborot xavfsizligi infratuzilmasi, soliq organlari o‘rtasidagi integratsiyalashgan ma’lumotlar bazalari va avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari kiritilishi batafsil o‘rganiladi. Bundan tashqari, raqamlashtirish jarayonida uchrayotgan asosiy muammolar hududlar o‘rtasidagi infratuzilma tafovutlari, internet tezligi va texnik ta’minot yetishmovchiligi, aholining va tadbirkorlarning raqamli savodxonlik darajasining pastligi, qonunchilikdagi bo‘shliqlar hamda kiberxavfsizlik xavflari batafsil tahlil etiladi. Raqamli tizimlarni joriy etish jarayonida uchraydigan tashkiliy, iqtisodiy va texnik to‘siqlar bilan birga ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqiladi. Maqola natijalarida soliq tizimini modernizatsiya qilish orqali shaffoflikni oshirish, soliq ma’muriyati xarajatlarini qisqartirish, inson omiliga bog‘liq xatoliklarni kamaytirish va soliq to‘lovchilarga qulay sharoitlar yaratishning samarali mexanizmlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari soliq organlari, iqtisodchi-mutaxassislar, tadbirkorlik subyektlari va raqamlashtirish siyosatini amalga oshirayotgan davlat institutlari uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Ўзбекистон Республикасида аҳоли омонатларининг жозибадорлигини ошириш, банк тизимига ишончни мустаҳкамлаш ва омонатчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишга қаратилган тадқиқот натижалари баён этилган. Тадқиқотда тижорат банклари фаолияти, қонунчилик базаси ва халқаро тажриба чуқур таҳлил қилинди. Халқаро тажрибадан келиб чиқиб, Германия, Сингапур ва Жанубий Корея каби мамлакатлардаги омонатларни кафолатлаш тизими Ўзбекистон шароитига мос равишда таққосланди. Жадаллашган рақамлаштириш жараёнлари ва автоматлаштирилган қайтариш тизимлари омонатчиларнинг банк тизимига бўлган ишончини оширишда ҳал қилувчи аҳамиятга эга эканлиги таъкидланди. Тадқиқот натижалари асосида омонатларни қайтариш муддатини қисқартириш, рақамли хизматларни кенгайтириш, кафолатланган лимитни ошириш ва маркетинг стратегияларини ривожлантириш каби тавсиялар ишлаб чиқилди. Ушбу тадбирлар Ўзбекистон банк тизимининг барқарорлигини ошириш ва халқаро молия бозорлари билан интеграция жараёнини тезлаштириш учун замин яратади.
O‘zbekiston soliq tizimining asosiy ishtirokchilari soliqchilar va soliq to‘lovchilar sifatida qarash muhim hisoblanib, soliq tizimidagi soliqchilarning huquq va majburiyatlari, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish orqali takomillashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‘yicha tahlil qilish va ta’sirchan choralar ishlab chiqish.
Mazkur maqolada tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi asosida ishlab chiqilgan baholash tizimining iqtisodiy, huquqiy va metodologik asoslari tahlil qilinadi. Reyting mezonlari xalqaro reyting amaliyotlari bilan qiyosiy o‘rganiladi, raqamli fiskal boshqaruv va soliq intizomi tamoyillari bilan uyg‘unligi tahlil etiladi. Tizimdagi amaliy muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Tadqiqot O‘zbekiston sharoitida fiskal islohotlar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan nazariy va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi
Мақолада статистика фаолиятини ташкил этишда ахборот оқимларини оптимал ташкил этиш ва ундаги мавжуд муаммолар ўрганилган. Cтатистика маълумотларини ишлаб чиқишнинг миллий модели босқичлари ва статистика агентлигига қабул қилинувчи маълумотлар таснифланиш белгиларига кўра гурухларга ажратилган. Шунингдек, е-Стат 4.0 автоматлаштирилган ахборот тизими истиқболлари ҳақида айтиб ўтилган.
Maqolada ESG (Atrof-muhit, Ijtimoiy va Boshqaruv) tamoyillarining raqamli iqtisodiyot siyosatiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ESG tamoyillarining korporativ boshqaruv, barqarorlik strategiyalari va raqamli transformatsiyaga integratsiyasi o‘rganilgan. Shuningdek, ESG prinsiplari asosida davlat siyosati va biznesning raqamli iqtisodiyotdagi rolini oshirish, investitsiya jozibadorligini kuchaytirish va barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash yo‘llari ko‘rib chiqilgan va mavzu boʻyicha asoslantirilgan xulosa va takliflar ishlab chiqilgan hamda mamlakatimizda qoʻllash boʻyicha tavsiyalar berilgan.
Ushbu maqolada O‘zbekistondagi mehmonxona sektorining rivojlanish ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqilib, sohaning hozirgi tendensiyalari va istiqbollari tahlil etiladi. Tadqiqot doirasida so‘nggi yillardagi rasmiy statistik ma’lumotlar, joylashtirish vositalari mehmonlarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus tizimi ma’lumotlari to‘plandi va o‘rganildi. Shuningdek, mehmonxona xizmatlari bozorining rivojlanish dinamikasiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash maqsadida mehmonxona sohasi vakillari orasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Olingan natijalar turizm sanoatining milliy strategiyasi doirasida sohani yanada takomillashtirish va rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash imkonini beradi.
Ilmiy maqolada axborot tizimini joriy etish jarayonlarida yuzaga keladigan ba’zi muammolar, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning ”O‘zbekenergo” DAKga qo‘llash texnologiyasi, AKTning an’anaviy tuzilishi, raqamli iqtisodiyotning shakllanishi, istiqboldagi AKT bo‘limlarining tarkibiy tuzilishi hamda korporativ axborot tizimlarining joriy etilishi va ishlashi, ushbu tizimlarni tashkil etishdagi bir qator kamchiliklar, raqamlashtirish dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun shu sohadagi butun jahon hamjamiyati tamoyillari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Ushbu maqola raqamli texnologiyalar asosida buxgalteriya hisobining modernizatsiyasini o‘rganadi. Buxgalteriya hisobi sohasidagi innovatsiyalar, asosan, raqamli tizimlarning joriy etilishi va avtomatlashtirilgan jarayonlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan. Maqolada buxgalteriya hisobining raqamli transformatsiyasi jarayonidagi asosiy muammolar va imkoniyatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar, jumladan sun’iy intellekt, bulutli tizimlar va blokcheyn texnologiyalari orqali buxgalteriya amaliyotining samaradorligini oshirish, xatoliklarni kamaytirish, va vaqtni tejash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada buxgalteriya hisobining raqamli inqilobi sharoitida yuzaga kelgan muammolar, xususan, texnologik to‘siqlar, malakali mutaxassislarning yetishmasligi va tizimlar o‘rtasidagi moslashuv muammolari batafsil yoritiladi. Shu bilan birga, ushbu yangi texnologiyalarning imkoniyatlari, innovatsion yechimlar va kelajak istiqbollari hamda buxgalteriya tizimlarining modernizatsiyasiga qo‘yiladigan talablar o‘rganiladi. Maqola natijalari, ayniqsa, buxgalteriya hisobining raqamli tizimlar bilan integratsiyasi jarayonidagi o‘zgarishlarni chuqur tahlil qilishga va ilmiy-amaliy takliflar berishga yo‘naltirilgan.
Internet texnalogiyalari va COVID-19 pandemiyasi tufayli masofadan ishlash so’ngi vaqtlarda ommalashdi, lekin ko’pgina kompaniyalar masofaviy ish tizimiga o’tishni xohlamaydilar. Shu sababli, tadqiqot uzoqdan ishlashning iqtisodiy afzalliklarini aniqlash, shuningdek, masofaviy ish uchun stsenariylarni ishlab chiqish uchun kompaniyalarning masofaviy ish tajribasini o'rganishga qaratilgan. Tadqiqot metodologiyasi vaziyatni tahlil qilish, qiyosiy tahlil, iqtisodiy tahlil va stsenariy usuliga asoslanadi. Tadqiqot natijalariga ko’ra, kompaniyalarda masofaviy ish amaliyotini qo'llash orqali binolarni saqlash harajatlari, elektr energiyasi va Internet to'lovlardan tejab qolish imkoni tug’uladi. Biroq, uydan ishlashda hodimlarni nazorat qilish qiyinlashadi va faqatgina yuqori avtomatlashgan kompaniyalar ushbu amaliyotni qo’llay oladilar.