Мақолада инсон капитали назариясини ривожланишининг концептуал асослари бўлган сиёсий иқтисод, классик, неоклассик ва замонавий инсон капитали мактабларининг илмий ғояларини тадқиқ этиш асосида муаллифлик ёндошуви ишлаб чиқилган.
Xalqarolashtirish oliy ta’lim sohasida raqobatbardoshlikning asosiy omillaridan biriga aylanib bormoqda, u oliygohlarning global maydondagi mavqei, imiji va bitiruvchilarning ishga joylashish imkoniyatlarini belgilab beradi. Rivojlanayotgan davlatlar uchun esa bu jarayon xalqaro ilmiy hamjamiyatga kirish va jahon reytinglarida o‘z o‘rnini topish imkoniyatini beradi. Ushbu maqolaning maqsadi – O‘zbekiston universitetlarining raqobatbardoshligini oshirishda xalqarolashtirishning qanday rol o‘ynashini turli oliygohlar va mutasaddi tashkilot vakillari bilan o‘tkazilgan suhbatlar asosida tahlil qilishdir. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston universitetlari xalqarolashtirishni faol qo‘llayotgan bo‘lsalar-da, boshqaruv, resurslarni taqsimlash va til salohiyatida muammolar mavjud. Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) va Toshkent shahridagi Vebster universiteti kabi xalqaro hamkorlikka ega oliygohlar xalqaro tarmoqlardan samaraliroq foydalanmoqda, milliy universitetlar asta-sekinlik bilan talabalar almashinuvi dasturlari va xorijda o‘qituvchilar malakasini oshirish orqali harakat qilmoqda. Maqolada ta’kidlanadiki, agar xalqarolashtirish ta’lim, ilmiy tadqiqot va boshqaruv jarayonlariga to‘liq integratsiya qilinmasa, u O‘zbekiston oliy ta’limida barqaror raqobatbardoshlik omili sifatida qaralishi mumkin emas.
Ушбу мақолада аҳоли даромадларининг тенгсизлиги ва табақаланишига доир илмий муаммолартадқиқ этилган бўлиб, аҳоли даромадларининг табақаланиши ижтимоий-иқтисодий тизимнинг ажралмас элементи сифатида кўриб чиқилган. Аҳоли даромадлари шаклланишининг ўзига хос хусусиятлари мавжуд бўлиб, бунда фуқаронинг ижтимоий ҳолати ва келиб чиқиши, билим даражаси, ташқи ижтимоий муҳитга кўникмаларнинг шаклланиши, интеллектуал ва бошқарувчилик қобилияти каби кўплаб омиллар ўрганилган.
Maqolada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida savdo xizmatlari ko‘rsatishning barcha biznes jarayonlarini raqamlashtirish, mijozlarning yangicha iste’mol xulq-atvori va taomillarini shakllantirishda bozor subyektlarining yangi formatiga asoslangan raqamli o‘zaro munosabatlar muhitini shakllantirish, an’anaviy biznes modelini omnikanalli shaklga o‘zgartirish va yangi raqamli vositalar, texnologiyalar, bilim, malaka va o‘quvlar, resurslar hamda infratuzilmani shakllantirish imkonini beruvchi savdo xizmatlari raqobatbardoshligini oshirishning raqamli biznes-modelini ishlab chiqish taklif qilingan.
Мақолада ҳозирги ривожланаётган рақамли иқтисодиёт шароитида меҳнат бозорида ёшларнинг меҳнатига бўлган талаблар ўрганилиб таҳлил қилинган. Минтақавий ва халқаро меҳнат бозоридаги ёшларга таклиф қилинаётган янги касбларни эгаллашдаги кўникмалари ўрганилган ва илмий таклифлар шакллантирилган
Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyalari va strategiyalarini amalga oshirish jarayonlarida inson kapitalini rivojlantirish omillarining nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish. Yangi O‘zbekistonda inson kapitalini rivoj topishi uchun ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan amaliy ishlarning tahlili, dunyo sivilizatsiyalari va dunyo mamlakatlari qatori rivojlanish harakatlari. Innovatsion rivojlanish manfaatlari yo‘lida inson kapitalini shakllantirish jarayonida shaxsni ta’limga, bilim, ko‘nikma, qobiliyat, motivatsiya, kasbiy yo‘naltirishga, yangi ma’lumot egalarini tayyorlashga, ijtimoiy talabni shakllantirishga va ehtiyojlarga javob beradigan kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.
Молиявий инқирозга қарши кураш сиёсатини ҳукумат томонидан қўллаб-қувватланиши натижасида давлат компаниялари ўзларининг молиявий барқарорлигини сақлаб қолишга ва уларни ушбу инқироздан олиб чиқадиган йўлни топишга муваффақ бўлдилар. Ўзбекистондаги танланган давлат компанияларининг молиявий инқирозларни бошқариш имкониятлари ҳамда бу компаниялар қай даражада молиявий тангликни бошдан кечираётганини кўриб чиқамиз. Энйи нисбий тўлов қобилияти моделини Ўзбекистондаги фаолият юритувчи тўртта стратегик муҳим давлат корхонасига қўлланган.
Ushbu maqolada xodimlarni samarali boshqarishning amaliy vazifalari, omillari va iqtisodiy muvaffaqiyati, shuningdek, kadrlar salohiyatini tahlil qilish va amaldagi usullarni qo'llash zarurati ko'rib chiqiladi. U mehnat salohiyatini ro'yobga chiqarish, shaxsiy qobiliyatlarni rivojlantirish, odamlarga bajarilgan ishlardan qoniqish va ularning yutuqlarini jamoatchilik tomonidan tan olish va qulay muhitni ta'minlash uchun mo'ljallangan. Xodimlarni rejalashtirish, shuningdek, ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirishga va xodimlar va umuman jamiyat manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan. Bugungi kunda har qachongidan ham ko'proq bozor sharoitlari va kompaniya xodimining manfaatlarini uyg'unlashtirish imkoniyatlarini izlash kerak.