Maqolada O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvi, xususan Jahon savdo tashkilotida ishtirok etish siyosatining iqtisodiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot savdo kelishuvlarining eksport, investitsiyalar va raqobatbardoshlikka ta’sirini ochib beradi. Xalqaro va mintaqaviy tajriba asosida savdo siyosatini shakllantirishda inklyuzivlik, institutsional muvofiqlashtirish va manfaatdor tomonlar ishtirokining ahamiyati yoritiladi. Empirik tahlil 2000–2024-yillar uchun O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ma’lumotlari asosida panel regressiya modeli orqali amalga oshiriladi. Natijalar JSTga a’zolik YAIM hajmini o‘rtacha 17 foizga oshirishini ko‘rsatadi. Shuningdek, JST a’zoligi investitsiya muhitini yaxshilashi, eksport diversifikatsiyasini kuchaytirishi va institutsional islohotlarni jadallashtirishi aniqlangan. Prognoz tahliliga ko‘ra, 2030-yilga kelib O‘zbekiston YAIMi JSTga a’zo bo‘lish sharoitida 245 mlrd AQSh dollariga yetishi mumkin. Maqolada savdo liberallashuvining ehtimoliy ijtimoiy va tarmoqlararo xatarlariga ham e’tibor qaratilib, muvozanatli savdo siyosati bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.
Ushbu maqolada global miqyosda faoliyat olib borayotgan va xalqaro bozorning rivojlanishida muhim rol o’ynayotgan Jahon Savdo Tashkilotining vujudga kelish tendensiyasi va uning mamlakatlarni xalqaro savdodagi faoliyatini jadallashtirishga ta’siri tadqiq qilingan. Zero, bugungi kunda bu tuzilmada 164 ta a’zodan iborat ishtirokchilar faoliyat olib borayotgan bo‘lib, ular jahon savdosining 95%dan ortiq qismini amalga oshirmoqda. Shu bois bunday tizimning shakllanish va rivojlanish tendensiyasi muntazam ravishda tadqiq qilinishi va erishilayotgan natijalar hamda kelib chiqayotgan muammolar ko‘rsatilib, tahliliy xulosalar qilib borilishi dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Mazkur maqolada mamlakatimizning JSTga a’zolik maqomi, undan koʻzlangan maqsadlar bayon qilinadi. Tashkilotga a’zolikdan soʻng yurtimizga keladigan yutuq va kamchiliklar chuqur tahlil qilinadi. Muhokama chogʻida tadqiqotning Oʻzbekistonda mazkur sohada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘lamini yaxshilash boʻyicha tavsiyalar ham koʻrib chiqiladi.
Ушбу мақолада Ўзбекистонда инвестицион муҳитни тубдан яхшилашнинг асосий йўналишлари таҳлил қилинган. Хусусан, қонунчилик базасини мустаҳкамлаш ва барқарорлаштириш, инвесторларнинг мулк ҳуқуқини ишончли кафолатлаш, коррупсияга қарши курашиш, маъмурий тўсиқларни камайтириш каби омиллар муҳим аҳамият касб этиши таъкидланади. Солиқ ва божхона соҳасидаги рағбатлар, давлат-хусусий шериклиги (ДХШ) ва хусусийлаштириш жараёнларини чуқурлаштириш, транспорт ва энергетика инфратузилмасини модернизация қилиш, малакали кадрлар тайёрлаш, рақамли трансформация ва халқаро савдо ҳамкорлигини кенгайтириш масалалари ҳам кўриб чиқилади. Мазкур йўналишларда тизимли ва изчил чоралар амалга оширилиши Ўзбекистонда ишбилармонлик муҳитини кучайтириш, чет эл ва маҳаллий инвесторлар ишончини орттириш, иқтисодий ўсиш ва аҳоли фаровонлигига эришишнинг муҳим шартларидан бири экани алоҳида қайд этилади.