Ushbu maqolada Oʻzbekiston chakana savdo korxonalarida ijtimoiy tarmoqlardagi reklama samaradorligi tahlil qilinadi. Korzinka.uz va Makro supermarketlari misolida olib borilgan tahlillar asosida reklama kampaniyalarining ROI, mijoz jalb qilish darajasi va segmentatsiyasi kabi koʻrsatkichlar oʻrganildi. Tadqiqot natijasida ijtimoiy tarmoqlardagi reklama kampaniyalarining biznes natijalariga taʼsiri aniqlanib, samaradorlikni oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Iqtisodiy mutanosiblikning buzilish sabablarini o‘rganish dastlab uning makro, mikro darajadagi ko‘rsatkichlari va mezonlarini ilmiy tadqiq etishni talab etadi. Shu nuqtai nazardan ko‘plab makro darajadagi hisob-kitoblarni tahlil qiluvchi milliy iqtisodiyot mustaqil va tashkiliy jihatdan o‘zaro bog‘liq xo‘jalik yurituvchi subyektlardan iborat bo‘lib, turli mulk shakllari ko‘rinishida jamiyatdagi ijtimoiy va individual mehnat taqsimotining rivojlanishi hamda iqtisodiy manfaatlar tizimining bir-biriga mos ravishda amalga oshirilishini aks ettiradi. Agar iqtisodiy manfaatlar bir-biriga zid kelsa, iqtisodiy faollik susayadi, yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish sur'atlari pasayadi, aholi daromadlari kamayadi va bu holatni mutanosiblikning buzilish alomatlari deb qarash lozim bo‘ladi.
Mazkur maqolada tijorat banklarida muammoli kreditlarning yuzaga kelish omillari hamda ularning bank aktivlari sifatiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqot davomida muammoli kreditlarning shakllanishiga olib keluvchi mikro va makro omillar tizimli ravishda tahlil qilindi. Shuningdek, muammoli kreditlarni samarali boshqarish va ularning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan strategiyalar ko‘rib chiqildi. Maqolada ta’kidlanishicha, muammoli kreditlarning o‘sishi banklarning moliyaviy barqarorligi va rentabelligiga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, ularni boshqarishda maxsus bo‘linmalar faoliyati, qarz oluvchilar moliyaviy holatini baholash va qayta restrukturizatsiya kabi usullar muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqolada barqaror tabiiy kapitalni makro darajada jamg‘arish yoki makroiqtisodiy usullar, avvalo, davlat tomonidan tartibga solish yo‘nalishlarida namoyon bo‘ladi. Davlat tomonidan tartibga solish tizimida qonunlar, me’yoriy-huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy asoslar ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
Ushbu maqolada chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligida mamlakat miqyosida mavjud bo‘lgan chorva mollari va iste’mol mahsulotlari, ulardan olinayotgan sut, go‘sht mahsulotlarining viloyatlar bo‘yicha tahlili keltirilgan. Raqamli texnologiyalar davrida chorva mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish respublika iqtisodiyotida makro va mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ijobiy ta’siri ko‘rsatilgan.
Bugungi kunda global rivojlanish iqtisodiy faoliyat yurituvchi sub’yektlar oldiga o‘z faoliyatlarini raqamlashtirish vazifasini dolzarb qilib qo‘ymoqda. Raqamlashtirish alohida shaxs, mikro, mezo va makro darajada iqtisodiy faoliyat samaradorligin oshirishning muhim manbai hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada raqamlashtirish sharoitida inson kapitalini rivojlantirish masalalari bayon qilinadi.