Mazkur maqolada alternativ moliya tizimini an’anaviy moliya tizimiga integratsiyalash orqali dualistik moliya tizimida ishlovchi Malaziya, Indoneziya va Bangladesh kabi mamlakatlarning moliya bozori joriy holati tahlili qilinadi. Jumladan, ushbu maqolada asosiy e’tibor Malaziya, Indoneziya va Bangladeshning islomiy va an’anaviy banklarining mamlakat moliya bozoridagi ishtirokining qiyosiy tahliliga qaratilgan bo‘lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sektorini moliyalashtirish holati, investitsiyalar jalb qilish va boshqa xizmat ko‘rsatish faoliyati turlarining holati tadqiq etiladi. Ushbu tadqiqotni olib borishda asosan miqdoriy yondashuvdan foydalanilgan.
Iqtisodiy oʻsish va inson kapitali oʻzaro bogʻliqdir. Iqtisodiyotning bilim bazasini, sogʻliqni saqlash va farovonlikni kengaytirishga inson kapitali yordam berishi mumkin, bu ham iqtisodiy oʻsishga ta'sir qiladi. Hayotni oʻzgartirish qobiliyati inson kapitali sifatida tanilgan. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlash inson kapitalini rivojlantirishning global muammosi, xususan, sogʻliqni saqlash, ta'lim va turmush darajasi. Ushbu insho Oʻzbekistonning iqtisodiy kengayishi va inson kapitalining rivojlanishi oʻrtasidagi bogʻliqlikni koʻrib chiqadi. Oʻzbekistondagi iqtisodiy oʻzgarishlarning dinamik manzarasida inson kapitalining rivojlanishi barqaror iqtisodiy oʻsishning hal qiluvchi omili sifatida namoyon boʻlmoqda
Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasida byudjet tashkilotlari uchun davlat xaridlarini elektron doʻkonlar orqali boshqarishning samaradorligini va iqtisodiy afzalliklarini oʻrganishga qaratilgan. Oʻzbekistonda davlat xaridlari jarayonlarini elektronlashtirishning asosiy maqsadlari – korrupsiyani kamaytirish, byudjet mablagʻlaridan tejamkor foydalanish va xarid jarayonining shaffofligini taʼminlashdir. 2021-yil 22-aprelda OʻRQ-684-sonli qabul qilingan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun hamda 2024-yil 10-iyuldagi PQ-249-sonli “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik tadbirkorlik subyektlari ishtirokini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror orqali davlat xaridlarini elektron doʻkonlar yordamida amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratildi va iqtisodiy samaradorlikka erishish yoʻlida katta qadamlar qoʻyildi. Davlat xaridlarida elektron doʻkonlarning qoʻllanishi Oʻzbekiston iqtisodiyotida qanday oʻzgarishlarga olib kelgani haqida batafsil tahlil keltiriladi. Bu jarayonda Indoneziya, Qozogʻiston va Estoniya kabi mamlakatlarning tajribalari, shuningdek, ularning elektron xarid tizimlarining Oʻzbekistondagi davlat xaridlarida qoʻllanilishi oʻrganiladi. Ushbu tadqiqot 2022-2024-yillar davomida elektron doʻkonlar orqali amalga oshirilgan davlat xaridlari natijalari asosida olib borilgan boʻlib, davlat mablagʻlaridan samarali foydalanish va tejash imkoniyatlari bilan bogʻliq muhim maʼlumotlarni ochib beradi.