Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etishning nazariy, uslubiy va institutsional jihatlari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot bozor mexanizmlariga asoslangan iqtisodiyot sharoitida anʼanaviy kadastr baholash usullarining cheklanganligini asoslab beradi hamda xalqaro tajribaga mos, shaffof va avtomatlashtirilgan ommaviy baholash tizimini joriy etish zaruratini ochib beradi. Ishda individual va ommaviy baholash yondashuvlarining qiyosiy tavsifi berilib, ularning soliq bazasini shakllantirishdagi o‘rni va funksional farqlari yoritilgan. Ommaviy baholash jarayonida GIS-texnologiyalar, matematik-statistik modellar, katta hajmdagi maʼlumotlar (Big Data) va multiplikativ baholash modellaridan foydalanishning afzalliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, amalga oshirilayotgan islohotlar, normativ-huquqiy baza, institutsional tuzilma hamda baholash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ko‘chmas mulk solig‘ini adolatli va iqtisodiy asoslangan tarzda hisoblash, byudjet daromadlarini barqarorlashtirish hamda ko‘chmas mulk bozorida shaffoflikni oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning nazariya va amaliy jihatlari o’rganilgan. Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlari va dinamikasining o‘zgarish tendensiyalarini GAT texnologiyalaridan foydalanilgan holda tahlil qilingan.
Ushbu maqolada hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganiladi. GAT texnologiyalari yordamida Namangan viloyatining ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlari tendentsiyalari va dinamikasi tahlil qilindi.