Jahon iqtisodiyotida biznes va marketing faoliyatini to‘liq raqamlashtirish masalalari ustuvor tendensiyalardan biri sifatida qaralmoqda. Bugungi kunda har bir tadbirkordan iste’molchilarga doir ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida amalga oshiriladigan marketing tadqiqot jarayonlarini raqamlashtirish hamda ushbu jarayonlarning samaradorligini yanada oshirish uchun CRM tizimidan foydalanish bo‘yicha ko‘nikma va malakaga ega bo‘lish talab etiladi. Shu boisdan, ushbu maqolada korxonaning innovatsion marketing faoliyatini samarali tashkil etishda CRM tizimlari orqali marketing tadqiqotlarini o‘tkazishning ahamiyati va zarurati nazariy ma’lumotlar hamda xorij olimlarining ilmiy ishlari asosida ochib berilgan. Ushbu maqolada tezkor va sifatli marketing tadqiqotlarini tashkil etishda CRM tizimlaridan samarali foydalanish yo‘llari va uni amalga oshirish bo‘yicha muallif tomonidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Maqolada bank sektorini raqamlashtirishning zamonaviy tendensiyalari ko‘rib chiqiladi, xalqaro tajribani tahlil qilish va O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni joriy etishning o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Tinkoff Bank, WeBank va Monzo kabi banklarning muvaffaqiyatli o‘zgarishi misollari keltirilgan, ular mobil ilovalar, sun’iy intellekt, blockchain texnologiyalari va CRM tizimlaridan foydalanish samaradorligini namoyish etadi. Kapitalbank ATBni raqamlashtirish kontekstida rivojlantirish istiqbollari, shu jumladan yangi texnologiyalarni joriy etish, mijozlar xizmatini takomillashtirish va axborot xavfsizligini mustahkamlash o‘rganildi. Tahlil asosida milliy xususiyatlar va xalqaro tajribani hisobga olgan holda O‘zbekiston bank tizimining raqamli transformatsiyasini jadallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.