Mazkur maqola Buxoro viloyatidagi ziyoratgohlarni raqamli texnologiyalar yordamida rivojlantirishning istiqbollarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Buxoro viloyatining turistik salohiyatini oshirish, madaniy merosni saqlash va turistlarga xizmat ko‘rsatishning sifatini yaxshilash uchun zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish muhimdir. Maqolada ziyoratgohlarni raqamlashtirish, mobil ilovalar, virtual ekskursiyalar va raqamli marketingni qo‘llashning ijobiy natijalari va istiqbollari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada bu jarayonning imkoniyatlari va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar haqida ham fikr yuritiladi.
Maqolada Buxoro viloyatida savdo sohasi iqtisodiy koʻrsatkichlarining 2012-2022-yillardagi dinamikasi tahlili keltirilgan. Tahlillar asosida Buxoro viloyatida chakana savdo tovar aylanmasi hajmining oʻsish dinamikasi, chakana savdo xizmatlari koʻrsatuvchi iqtisodiy subyektlar soni, chakana tovar aylanmasi davri dinamikasiga baho berilgan. Sohada band boʻlganlar sonining kamayishi, import ulushining ortib borish kuzatilgan sharoitda mehnat unumdorligini oshirish, sohaga innovatsiyalarni joriy etish, qoʻshimcha savdo servisini tashkil qilish hisobiga savdo xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan.
Dilnoza Djurayeva , Shaxrizoda Tohirova , Jichung Song
Respublikada qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda innovatsion xizmat koʻrsatish jarayonlarini isloh qilishda xizmatlar sohasidagi subyektlarning innovatsion faoliyati sohasida mualliflarninbg mavjud nazariy metodologik tadqiqotlariga tayangan holda xizmatlar innovatsiyalarning tashkiliy va iqtisodiy yangiliklar bilan bogʻliq butun doirasini maʼlum bir tizimga keltirish va ularning yuzaga kelishiga sababchi boʻlgan asosiy qonuniyatlarini aniqlashga harakat qilib koʻramiz.Biroq tashkiliy-iqtisodiy innovatsiyalar rolini yanada chuqurroq tushunish uchun innovatsion faoliyatning ushbu oʻziga xos obyekti qanday vujudga kelishi va rejalashtirilishini tushunib olish zarur.
Maqola texnika sohasidagi oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini baholash va boshqarish muammolari tahlil qilinadi. Unda zamonaviy ta'lim tizimida o'qitish jarayonlarining sifatini oshirish va ta’lim sifatini boshqarish usullari muhokama qilingan. Shuningdek, talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholashda statistik yondashuvlarning qo‘llanishi va bu yondashuvlarning ta'lim sifati monitoringida ahamiyati yoritib berilgan. Maqola natijalari texnika yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari uchun ta'lim sifatini oshirishda muhim ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Maqolada Buxoro viloyatida savdo sohasining 2012-2023 yillardagi asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarining dinamikasi tahlil qilingan. Savdo faoliyati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarning istiqboldagi dinamikasiga baho berishda ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarning trend tahlilidan foydalanilib, alohida olingan ko‘rsatkichlarning tematik prognozlari asosida umumlashgan qamrovli prognoz modeli ishlab chiqilgan. Ushbu modellarga asoslangan holda sohani rivojlantirishning 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan optimistik va pessimistik prognoz ssenariylarini ishlab chiqish masalalari yoritib berilgan.
Raqamli texnologiyalar doimo rivojlanib, hayotimizning turli sohalariga kirib bormoqda. Mobil ilovalar, virtual reallik, kengaytirilgan reallik va ijtimoiy tarmoqlar kabi yangi innovatsiyalar raqamli turizmda yangi imkoniyatlar va yaxshilanishlarni taqdim etadi. Biroq, ushbu raqamli texnologiyalardan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlarini va ularning sayyohlarga ta'sirini tushunish uchun chuqur tadqiqotlar talab etiladi. Ushbu maqolada Buxoro viloyatining turizm kontentini tayyorlashda raqamli marketingdan foydalanish imkoniyatlari bayon etilgan.
Maqolada raqamli texnologiyalarning taraqqiyoti tarixi va uning iqtisodiy munosabatlardagi ishtiroki xususida manbalar asosida fikr yuritiladi. Fan va texnika taraqqiyotining muhim bosqichlarini tahlil qilish orqali iqtisodning qamrovi va koʻlamiga oid xulosalar chiqariladi. Zamonaviy iqtisodiyot taraqqiyotidagi soʻnggi ilmiy yangiliklar va ularning raqamli iqtisodning shaklanishida tutgan oʻrni va ahamiyati borasidagi qarashlari atroflicha tahlil qilinadi. Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik va kichik biznesning rivojlanishiga xizmat qiluvchi huquqiy-meʼyoriy asoslarning zamon talablariga mosligi qiyosiy oʻrganiladi.
Ushbu maqolada mintaqalar iqtisodiyoti tarmoqlaridagi tarkibiy o'zgarishlar va ularning iqtisodiy rivojlanishga ta'siri yoritilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi mintaqaviy strukturaning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish zarurligini asoslashdir. Maqolada "tarkibiy o'zgarishlar" atamasi bo'yicha turli nuqtai nazarlarning mazmuni ochib berilgan.