Ushbu maqolada respublika iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda investitsiyalardan samarali foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari kompleks tarzda ekonometrik yondashuv asosida tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida 2000–2024 yillar oralig‘idagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida investitsiyalar hajmi, bandlik darajasi hamda eksport hajmining yalpi ichki mahsulotga (YAIM) ta’siri chuqur tahlil qilindi. Tahlil metodologiyasi sifatida korrelyatsion bog‘liqlikni aniqlash, ko‘p omilli regressiya modeli tuzish, parametrlarning statistik ahamiyatliligini baholash (t-statistika), modelning umumiy mosligini aniqlash (F-statistika), shuningdek, qoldiqlarni tekshirish uchun Durbin–Watson mezonidan foydalanildi. Ekonometrik hisob-kitoblar va modelni qurish ishlari zamonaviy statistik dasturiy muhit R Studio dasturi yordamida amalga oshirildi. Olingan natijalar investitsiyalarning iqtisodiy o‘sishga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatishini, ya’ni investitsiya hajmining ortishi YAIMning o‘sishiga olib kelishini tasdiqladi. Shuningdek, model natijalari asosida investitsiyalarning samaradorligini oshirish, ularni iqtisodiyot tarmoqlari kesimida optimal taqsimlash va investitsion siyosatni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ushbu maqolada aholiga savdo xizmatlarini innovatsion rivojlantirishning oʻziga xos xususiyatlari va ekonometrik modellashtirish zaruriyati tadqiq etilgan. Savdo xizmatlarini innovatsion rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yoki sohaning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy qonunlarini turlarga, guruhlarga ajratishga emas, balki, tadqiqotlarga amaliy mazmun beruvchi, ustuvorlikka yoʻl koʻrsatuvchi, natijalarini baholash uchun ilmiy mezon boʻluvchi mavjud qonuniyatlarning amaliy xarakterini koʻrsatish, istiqboldagi oqibati, natijalarini baholash ahamiyati koʻrsatib oʻtilgan.