Ўзбекистон иқтисодиётига хорижий инвестицияларни жалб этишнинг инвестицион жозибадорлиги ва унга таъсир қилувчи омиллар фаолиятига тўхталиб ўтилган. Иқтисодий ўсиш: юқори иқтисодий ўсиш инвесторларни жалб қилади, сабаби у бозорнинг ўсиши ҳамда товарлар ва хизматларга бўлган талабнинг ошишини англатади. Мамлакатнинг сиёсий барқарорлиги: инвесторлар учун хавфларни камайтиришга қаратилган мамлакат ёки минтақадаги барқарор сиёсий вазият ташкил этиш, уларнинг узоқ муддатли истиқболга ишончини оширади. Хорижий инвесторлар учун бериладиган солиқ имтиёзлари ва преференциялар: хорижий инвестицияларни жалб қилишни рағбатлантиришда давлат инвестицияларини қўллаб-қувватлаш дастурлари, жумладан, солиқ имтиёзлари, субсидиялар ва кафолатлар ишлатиши муҳимдир. Шунингдек, замонавий шароитларда иқтисодиётга хорижий инвестицияларни жалб этишнинг инвестицион жозибадорлиги ва унга таъсир қилувчи омиллар фаолияти ўрганилган.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (TXI) mamlakat iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishining muhim omillaridan biridir. Mintaqaviy darajada to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar mamlakatning alohida hududlari iqtisodiyotiga xorijiy kapitalning uzoq muddatli qo‘yilmalari bo‘lib, yangi korxonalar tashkil etish, mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va kengaytirish, shuningdek mintaqaviy infratuzilmani rivojlantirish hamda hududning investitsion faolligini oshirishga qaratilgan. Mazkur maqolada to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishda hududlar o‘rtasidagi farqlarni belgilovchi omillar va ko‘rsatkichlar tadqiq etiladi.Turli mintaqalarda investitsion faollik darajasiga iqtisodiy, institutional, infratuzilma va ijtimoiy-demografik sharoitlarning ta’siri ko‘rib chiqiladi.
Bugungi kunda barcha sohalarda, xususan to‘qimachilik korxonalarida ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish eng samarali hisoblanadi. Bozor sharoitida ishlab chiqarishni doimiy ravishda rejalashtirish maqsadga muvofiqdir. Yurtimizda to‘qimachilik sanoatida yuqori hamda barqaror o‘sish sur'atlarini ta'minlash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish, modernizatsiya qilishning strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarini amalga oshirish hisobiga yuqori texnologiyali yangi ish o‘rinlarini yaratish, korxonalarni texnik va texnologik yangilash, ilg‘or «klaster modeli»ni joriy etishga qaratilgan tarkibiy qayta tashkil etishni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqolada to‘qimachilik korxonalariga investisiyalar oqimini samaradorligini oshirish omillari va usullari haqida so‘z yuritiladi hamda tahlil qilinadi.