Ushbu maqolada bank sohasida mijozlar bilan aloqalarni tizimlashtirish va ularning samaradorligini oshirishda CRM (Customer Relationship Management) tizimining roli tahlil qilinadi. Tadqiqotda bank xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni oshirish, mijozlar sodiqligini (loyalty) mustahkamlash va shaxsiylashtirilgan xizmat ko‘rsatish mexanizmlari tadqiqot qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston bank tizimida CRM texnologiyalarini joriy etishdagi muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar berilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston chakana savdo korxonalarida ijtimoiy tarmoqlardagi reklama samaradorligi tahlil qilinadi. Korzinka.uz va Makro supermarketlari misolida olib borilgan tahlillar asosida reklama kampaniyalarining ROI, mijoz jalb qilish darajasi va segmentatsiyasi kabi koʻrsatkichlar oʻrganildi. Tadqiqot natijasida ijtimoiy tarmoqlardagi reklama kampaniyalarining biznes natijalariga taʼsiri aniqlanib, samaradorlikni oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ushbu ilmiy maqolada tijorat banklarida mijozga yo‘naltirilgan marketing faoliyatini tashkil etish va boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi takomillashtirilganligi ko‘rib chiqilgan. Xususan, mijozlar siyosatini ishlab chiqish hamda baholash imkonini beruvchi ierarxik yondashuv taklif etilgan. Tijorat banklarida mijozlarning bank xizmatlaridan qoniqish darajasini baholash uchun GAP tahlil usulini qo‘llash asosida yangilangan metodologiya keltirilgan. Marketing bo‘limi xodimlari uchun mijozlar bilan ishlash, tashkiliy va tahliliy vazifalar bo‘yicha maxsus yo‘riqnoma taklif qilingan. Shuningdek, tijorat banklarining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan segmentatsiyaga asoslangan marketing siyosati hamda iste’molchilarning mikro va makro segmentlariga mos strategik qarorlar qabul qilishning uslubiy asoslari ishlab chiqilgan.