Mazkur tadqiqotda kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatining hududiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri statistik-ekonometrik usullar yordamida tahlil qilingan. Empirik hisob-kitoblar uchun Stata dasturidan foydalanilib, kichik tadbirkorlikning hududiy iqtisodiy o‘sishga ta’sirini baholash imkoniyati yaratiladi. Ushbu yondashuv natijalari hududiy iqtisodiyotda kichik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha strategiya va dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning maqsadi hududlarda aholi turmush darajasi va sifatini oshirishdan iborat. Mazkur maqola O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishda raqamli texnologiyalarni samarali ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Ushbu tadqiqotni amalga oshirish uchun “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi (2024) qabul qilindi. Tahlil natijalari raqamli texnologiyalar kambag‘allikni qisqartirishda ijobiy ta’sir etishini ko‘rsatdi. Tadqiqot yakunida raqamli texnologiyalarni kambag‘allikni qisqartirishga ta’sirini oshirish modeli taklif etildi. Shuningdek, maqolada inson resurslarini rivojlantirish, mehnat bozorini isloh qilish, bandlikning zamonaviy shakllaridan foydalanish, xalqaro standartlar asosida munosib mehnat standartlarini keng joriy etish orqali kambag‘allikni qisqartirishda davlat xizmatlari sifatini oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi
Maqola O‘zbekiston Respublikasi sanoat korxonalari iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash tizimiga raqamli texnologiyalarni yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida integratsiyalash mexanizmlarini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Ishda sanoat sektorining raqamli transformatsiyasining hozirgi holati tahlil qilinib, raqamli va yashil texnologiyalarni bir vaqtning o‘zida joriy etishning sinergetik ta’sirlari aniqlangan. Tadqiqot 2019-2024-yillar oralig‘idagi statistik ma’lumotlarning kompleks tahlili, ekspert baholari va xalqaro tajribalarga asoslangan. Raqamlashtirish sharoitida iqtisodiy xavfsizlikning asosiy tarkibiy qismlari belgilandi: kiberxavfsizlik, texnologik suverenitet, operatsion barqarorlik va ekologik mas’uliyat.
Maqolada so‘nggi o‘n yil davomida xorijiy mamlakatlarda turistik qishloqlarni rivojlantirish tajribasining kompleks sharhi taqdim etilgan. Yevropa, Osiyo, Amerika, Afrika va Okeaniyada amalga oshirilgan modellari va strategiyalari ko‘rib chiqiladi, shuningdek, mamlakatlar va mintaqalar kesimida qiyosiy ma’lumotlar keltiriladi. Ayniqsa, iqtisodiy ta’sirlar, mahalliy aholining jalb etilishi va BMT Jahon Turizm Tashkiloti (UNWTO)ning Best Tourism Villages dasturi kabi xalqaro tashabbuslarning o‘rniga alohida e’tibor qaratilgan. Indoneziya, Yaponiya, Fransiya va Meksika misolida qishloq turizmini barqaror rivojlantirishning muvaffaqiyatli amaliyotlari ko‘rsatilgan. Ishda asosiy xatarlar — autentiklikni yo‘qotish, ekologik yuklama, narxlarning oshishi va ijtimoiy transformatsiyalar aniqlanib, ularni minimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Maqolada turistik qishloqlar madaniy merosni asrab-avaylash, ish o‘rinlarini yaratish va mintaqaviy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga xizmat qiluvchi barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim vositasi sifatida ta’kidlab o‘tilgan.
Ushbu maqolada Qoraqalpogʻiston Respublikasida gastronomik turizmning rivojlanishi, uning imkoniyatlari, bugungi kunda turizm sohasi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, qoraqalpoq gastronomik turizm resurslari, qolaversa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun gastronomik turlarini ishlab chiqish, turistik dasturlarni yaratish tahlili olib borilgan. Bunda asosiy eʼtibor qoraqalpoq gastronomik turizm resurslariga tegishli milliy taomlarni targʻib qilish, uni turizm dasturlariga kiritish, turistlarni jalb qilish kabilar keltirib oʻtilgan. Bundan tashqari, qoraqalpoq gastronomik turizmining rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillar hamda baʼzi tavsiyalar mushohada qilingan. Shuningdek, muallif tomonidan izlanishlar asosida “Qalʼalar saltanati – Qoroqalpogʻiston”mavzusidagi 4 kecha 5 kunlik tur va uning hisob-kitobi tuzib chiqilgan.
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida mamlakatimizda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash masalalari bu borada xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari, g‘oyalari tahlil qilindi. Raqamli iqtisodiyotga o‘tishda eng avvalo huquqiy bazani yaratish va mavjud bazalarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida neft va gaz qazib chiqarish sanoatining faoliyatini raqamlashtirish asoslari, xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari, raqamlashtirishning neft va gazni qazib chiqarish va qayta ishlashdagi ahamiyati, xavfsizlik muammolari, raqamlashtirishni joriy etgan xorijiy va mahalliy qazib chiqaruvchilar faoliyatining qiyosiy tahlili amalga oshirildi. Mavzu yuzasidan tegishli tartibda xulosa va takliflar keltirib o‘tildi.
Maqolada ayollar tadbirkorligini moliyalashtirishning xorij tajribasi va uni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari tadqiq qilingan. Shu bilan birga bu jarayondagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari, ayollar tadbirkorligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Сўнгги йилларда Ўзбекистон Республикасида янги инвестицион лойиҳаларнинг аҳамиятини ҳисобга олган ҳолда махсус иқтисодий зоналарни ташкил этиш, уларни ривожлантириш, шунингдек, амалга ошириладиган лойиҳаларга инвестицияларни жалб этиш борасида аниқ мақсадга йўналтирилган кенг кўламли ишлар амалга оширилмоқда. Лекин махсус иқтисодий зоналарда амалга оширилаётган янги лойиҳаларнинг барчасида ҳам кўзланган мақсадга эришилмаяпди, бундан ташқари баъзи лойиҳалар эса ўз вақтида фойдаланишга топширилмаяпди. Бу эса, махсус иқтисодий зоналарда амалга оширалаётган янги лойиҳаларга сарфланган харажатлар аудитини тўғри ташкил этиш, шунингдек, аудит жараёнида лойиҳаларнинг самарадорлигини баҳолаш нақадар долзарб эканлигини қўрсатади. Мазкур мақолада махсус иқтисодий зоналарнинг бир тури – эркин иқсодий зоналарда янги лойиҳалар харажатлари аудитини ташкил этиш ҳамда уларнинг самарадорлигини таҳлилий амаллар орқали баҳолаш масалалалари ёритилган
Ushbu maqolada auditni paydo bo’lishi, jahonnning turli mamlakatlarida paydo bo’lish sabablari ochib berilgan. Auditning rivojlanish bosqichlari hamda ushbu jarayon bilan bog’liq bo’lgan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishi yoritib berilgan. Auditorlik tekshiruvini rejalshtirshni o’ziga hos xususiyaltari ko’rib chiqilgan.
Ushbu tadqiqotning maqsadi - Ichki Mo'g'ulistonning mintaqaviy iqtisodiyotida transchegaraviy elektron tijorat rivojlanishining avtonom mintaqada oliy kasbiy ta'lim mutaxassisliklari qurilishiga ta'sirini o'rganish. Muallif transchegaraviy elektron tijorat oliy kasbiy ta'lim kasbini tadqiqot ob'ekti sifatida olib, transchegaraviy elektron tijorat bo'yicha professional o'quv dasturining hozirgi holatini va Ichki Mo'g'ulistondagi oliy kasbiy ta'limda o'qitish sifatini tahlil qiladi. Ichki Mo'g'ulistonda tegishli iste'dodlarga talab. mintaqadagi transchegaraviy elektron tijorat sanoati va shu asosda Ichki Mo'g'ulistondagi oliy kasbiy ta'limning transchegaraviy elektron tijorat kasbi uchun asosiy o'quv standartini ishlab chiqadi. Bundan tashqari, transchegaraviy elektron tijorat mutaxassislari uchun asosiy o'quv dasturini amalga oshirish loyihasi o'rganiladi va baholash usuli taklif etiladi. Ichki Mo'g'ulistonning mintaqaviy iqtisodiyotida transchegaraviy elektron tijoratni rivojlantirishda iste'dodlarni rivojlantirish uchun mos yozuvlar qiymatini ta'minlash.