Ushbu maqola jahon valyuta bozori, uning tuzilishi, asosiy ishtirokchilari va moliyaviy jarayonlarning globallashuvi sharoitidagi zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Valyuta bozorining faoliyat mexanizmi, yetakchi moliyaviy institutlarning roli, shuningdek, makroiqtisodiy omillar va xalqaro integratsiya jarayonlarining valyuta operatsiyalari dinamikasiga ta’siri alohida tahlil qilingan. O‘tkazilgan tahlil asosida valyuta bozorining asosiy rivojlanish tendensiyalari aniqlangan hamda uning barqarorligiga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi omillar belgilangan. Valyuta munosabatlari barqarorligini ta’minlashda xalqaro hamkorlik va integratsiya jarayonlarining ortib borayotgan ahamiyati haqida xulosa qilingan.