Soʻnggi yillarda masofaviy taʼlim Oʻzbekiston taʼlim tizimining ajralmas qismiga aylandi, biroq uning sifatini xalqaro meʼyorlar asosida baholashning yagona metodik tizimi hali shakllanmagan. Maqolada xalqaro raqamli taʼlim standartlari (ISO/IEC 40180, ISO 21001, IMS Global/1EdTech, SCORM va xAPI, Quality Matters, OpenupEd hamda Yevropa sifat kafolati standartlari — ESG) asosida masofaviy taʼlim sifatini baholashning analitik modeli taklif etiladi. Model oltita oʻlchovni — kontent va oʻquv dasturi sifati, pedagogik dizayn, texnologik infratuzilma va oʻzaro moslik, talabalarni qoʻllab-quvvatlash va jalb qilish, baholash va oʻquv natijalari hamda sifat menejmenti — birlashtiruvchi integral sifat indeksi (SI) koʻrinishida ifodalanadi. Tadqiqot adabiyotlarning tizimli tahlili, xalqaro standartlarning qiyosiy tahlili va ikkilamchi maʼlumotlarga tayanadi. Tahlil shuni koʻrsatadiki, milliy masofaviy taʼlim platformalari (EDUUZ, IT-Park University raqamli resurslari) kontent va texnologiya boʻyicha tez rivojlanmoqda, biroq pedagogik dizayn, oʻquv analitikasi va uzluksiz sifat boshqaruvi boʻyicha xalqaro meʼyorlardan ortda qolmoqda. Maqolada sifatni baholashni metodik boshqaruv bilan bogʻlovchi uzluksiz takomillashtirish mexanizmi taklif etiladi. Natijalar taʼlim muassasalari, akkreditatsiya organlari va sohani tartibga soluvchilar uchun amaliy ahamiyatga ega.
Ushbu maqola raqamlilashtirishning rivojlangan mamlakatlardagi g‘aznachilik tizimlariga ta’siri tahlili va moliyaviy boshqaruv samaradorligini oshirish uchun foydalaniladigan bulutli echimlar, blokcheyn va elektron to‘lovlar kabi asosiy texnologiyalarni tahlil qilinadi. AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Yaponiya, Estoniya va boshqa mamlakatlarda innovatsion yechimlarni joriy etish misollari ko‘rib chiqilgan, ulardan foydalanishning ijobiy va salbiy tomonlari aniqlangan. Zamonaviy raqamli platformalar orqali davlat xarajatlarining shaffofligi, xavfsizligini oshirish, optimallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Maqolada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi korxonalarda majburiyatlar boʻyicha hisob siyosatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Muallif tomonidan hisob siyosatining 10 asosiy boʻlimini (umumiy qoidalar, tan olish, baholash, tasniflash, hujjatlashtirish, inventarizatsiya, qayta baholash, oshkor qilish, riskni boshqarish, ichki nazorat) hamda AKT sohasiga xos 5 maxsus boʻlimni (litsenziya majburiyatlari, raqamli xizmatlar, abonent zararlari, tarmoq modernizatsiyasi, xalqaro rouming) oʻz ichiga olgan namunaviy shakl ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada savdo korxonalarida yangicha zomonaviy buxgalteriya hisobining hozirgi yangi savdo tushnchalari, hamda uni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va sohaning o‘ziga xos xususiyatlari, savdo korxonalarining yanada rivojlanishida zamonaviy texnologiyalarni keng qo‘llagan holda vaqt va mehnat unumdorligiga erishish, shuningdek savdo korxonalarining buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga moslashtirish yoritib berilgan.