Ushbu maqolada sifatli iqtisodiy oʻsish konsepsiyasi va uning Oʻzbekiston iqtisodiy rivojlanishining markaziy koʻrsatkichi sifatidagi roli koʻrib chiqiladi. Faqat YaIM oʻsishiga qaratilgan anʼanaviy choralardan farqli oʻlaroq, sifatli iqtisodiy oʻsish barqaror rivojlanish, tarkibiy diversifikatsiya, unumdorlikni oshirish, daromadlar tengligi va ijtimoiy farovonlikka urgʻu beradi. Tadqiqotda Oʻzbekistonning soʻnggi oʻn yillikdagi iqtisodiy yoʻnalishi tahlil qilinadi, sanoat ishlab chiqarishining yaxshilanishi, inson kapitaliga investitsiyalar, texnologiyalarni joriy etish va institutsional islohotlarga urgʻu beriladi. Maqolada sifat va miqdoriy maʼlumotlardan foydalangan holda makroiqtisodiy barqarorlik, tarkibiy islohotlar va mintaqaviy rivojlanish tashabbuslari nafaqat uning koʻlamiga, balki oʻsish sifatiga qanday hissa qoʻshishi baholanadi. Maqola iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, yuqori qiymatli sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va boshqaruv samaradorligini oshirishni oʻz ichiga olgan oʻsish sifatini oshirish boʻyicha tavsiyalari bilan yakunlanadi.
Ushbu ilmiy maqolada eksport va makroiqtisodiy barqarorlik tushunchasi, ularning bir-biriga o‘zaro bog‘liqligi muhokama qilinadi. Eksport salohiyatini oshirishda unga ta’sir etuvchi omillar hamda uning mamlakat milliy iqtisodiyotida tutgan o‘rni, eksport samaradorligini oshirishning amaliy va nazariy jihatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada iqtisodiyotda eksport tizimining rivojlanishi bilan bog‘liq nazariy yondashuvlar o‘rganilgan
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash jarayonida valyuta kursining roli va ahamiyati oʻrganilgan. Asosiy eʼtibor milliy valyutaning kurs o‘zgarishlari natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy oqibatlarga, xususan, inflyatsiya darajasi, tashqi savdo balansi va iqtisodiy o‘sishga qaratilgan.Maqolada Markaziy bankning valyuta siyosati, milliy iqtisodiyotda valyuta zaxiralarini boshqarish usullari va tashqi iqtisodiy faoliyatga taʼsir etuvchi omillar tahlil qilingan. Maqolada valyuta kursining o‘zgaruvchanligi va uning iqtisodiy barqarorlikka bo‘lgan ta’siri xalqaro tajribalar asosida ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston sharoitida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan samarali mexanizmlar taklif qilingan.
Ushbu maqolada xorijiy investitsiyalarning mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligida tutgan ahamiyati, xorijiy investitsiyalarni to’g’ridan-to’g’ri jalb qilishda kuzatilayotgan muammolar, yurtimizda ohirgi yillarda barqaror iqtisodiy o’sishga erishish uchun olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar haqida fikr yuritiladi. Aholi jon boshiga o’zlashtirilayotgan investitsiylar miqdorini oshirish yo’llari o’rganiladi. Tahlil qismida esa makroiqtisodiy barqarorlikga ta’sir o’tkazuvchi omillar qiyosiy va tanlanma usullar orqali chuqur tahlil qilinib natijalar olinadi. Olingan kuzatish va tahlillar orqali xulosa va takliflar beriladi.
Ushbu maqolada hozirda amaliyotda qo‘llanilayotgan uy-joyni moliyalashtirish tizimlari klassifikatsiyasi, ta’rif va o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan. Maqola qarz va depozit munosabatlarining asosiy elementlarini ham o‘z ichiga olgan. Shuningdek, maqolada uy-joyni moliyalashtirish tizimida asosiy moliyalashtiruvchi iqtisodiyot subyeklari va moliyalashtirish mexanizmlari ham keltiril o‘tilgan.
Ushbu maqolada iqtisodiy nochor korxonalarni moliyalashtirishga taʻsir etuvchi omillar tahlili tadqiq etilgan boʻlib, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish orqali ishsizlik, qayta moliyashtirish stavkasi va inflyatsiya darajasiga taʻsiri ekonometrik tahlillar yordamida yoritilgan .
Ушбу мақолада макроиқтисодий барқарорликни таъминлашда бюджет қоидаларидан фойдаланиш бўйича хорижий мамлакатлар тажрибаси ва уни Ўзбекистон иқтисодиётида тадбиқ этиш имкониятлари ўрганилган. Шунингдек, мақолада дунё мамлакатлари бўйича фискал қоидаларнинг умумий хусусиятига ҳамда белгиланиш миқёсига кўра турлари бўйича динамик таҳлили келтирилган.
Ушбу илмий мақолада молия тизимига оид илмий қарашларнинг концептуал асослари ёритилган. Классик ва неоклассик молия назарияси тарафдорларининг молия тизими, унинг элементлари ва молиявий барқарорликка оид полисемантик тавсифдаги илмий қарашлари ўрганилган. Молия тизими барқарорлигига эндоген ва экзоген омиллар таъсирида уни таъминлаш истиқболларига оид илмий қарашлар тизимлаштирилган
Maqolada respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida iqtisodiyotni liberallashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash evaziga uzluksiz iqtisodiy o‘sishga erishish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berilgan. Bu, o‘z navbatida, iqtisodiyotda – bozor iqtisodiyotida erishilayotgan yutuqlarning asosi bo‘lib, mulkchilik shakllarining takomillashuvi, iqtisodiyotdagi keskin tarkibiy o‘zgarishlar, shaxsiy ishlar va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi ham aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.