Ushbu maqolada O‘zbekistonda “yashil ipoteka” dasturlarining joriy etish istiqbollari va iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinadi. Xalqaro tajriba misolida yashil ipotekaning afzalliklari, imtiyozli foiz stavkalari, energiya samaradorlik sertifikatlari va banklar uchun qayta moliyalashtirish mexanizmlarining ahamiyati o‘rganilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yashil ipoteka dasturlari energiya iste’molini sezilarli darajada kamaytirib, uy-joy fondining modernizatsiyasiga, aholi xarajatlarining qisqarishiga va ekologik barqarorlikning oshishiga xizmat qiladi. O‘zbekiston sharoitida ushbu dasturlarni joriy etish uchun institutsional baza, moliyaviy rag‘batlar va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarurligi aniqlangan.
Maqolada qishloq xo‘jaligi moliyalashtirishdagi muammolar va yechimlar boʻyicha dunyoning yetakchi olimlari fikrlari oʻrganilgan, qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishdagi mavjud muammolar va yechimlari tavsiflangan, qishloq xo‘jaligi rivojlangan mamlakatlar TOP 7 ligining qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishda muammolari va ularning yechimlari tahlil qilingan hamda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi moliyalashtirishdagi muammolarni yechish bo‘yicha asoslantirilgan xulosa va takliflar berilgan.
Maqolada O'zbekistondagi turizm tashkilotlarini moliyalashtirish sohasidagi hozirgi holat va asosiy tendentsiyalar muhokama qilinadi. Ham davlat, ham xususiy moliyalashtirish manbalari tahlil qilinib, imtiyozli kreditlash, soliq imtiyozlari va turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni subsidiyalash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. O Maqolada turizm sektori oldida turgan asosiy muammolar belgilab berilgan va muvaffaqiyatli amaliyot va strategiyalar tahlili asosida ularni bartaraf etish yo‘llari taklif qilingan.