Mazkur maqolada moliyaviy risklarni boshqarish va baholashning kompaniyalar istiqbolli prognozlarini ishlab chiqishdagi ahamiyati bayon etilgan. Xalqaro amaliyotda moliyaviy risklarni baholashning standartlari va ularning iqtisodiy mazmuni tadqiq qilingan. Moliyaviy risklarni boshqarishning muhim hususiyatlariga doir xulosalari yoritilgan. Risk menejmentini takomillashtirishga doir ilmiy takli f va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan
Hozirda jahon miqyosida moliyaviy menejmentning asosiy funksional elementi hisoblangan moliyaviy rejalashtirish tizimini takomillashtirish masalalari keng tadqiq etilmoqda. Xususan, global pandemiya sharoitida tashqi bozorlardagi oʻzgaruvchan muhitga tez moslashuvchan moliyaviy rejalashtirish tizimi va uning strategik rejalar bilan uygʻunlashtirilgan mukammal modelini shakllantirish yuzasidan maqsadli izlanishlar olib borilmoqda. Shuningdek, moliyaviy menejmentning asosiy funksional elementlaridan biri kompaniyalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini kompleks baholashning keng koʻrsatkichlar arsenalini mujassamlashtiruvchi moliyaviy diagnostikaning tashkiliy arxitekturasini takomillashtirishga eʼtibor qaratilmoqda.