Ўзбекистонда босқичма-босқич амалга оширилган институционал ҳамда иқтисодий ислоҳотлар жараёнида узоқ муддатли ижарага бериладиган ерларда фермер хўжаликлари ташкил этилади. Бу қишлоқда барқарорлик ва ривожланишни таъминловчи ҳақиқий мулкдорлар синфини шаклланишига асос яратди. Ҳозирги босқичда фермер хўжаликлари сони, ер майдони, иш билан бандлар таркиби оптималлашди, даромад самарадорлиги ошмоқда. Ушбу натижалар “Ўзбекистон–2030” стратегиясида қишлоқ хўжалиги ва фермер хўжаликлари ишлаб чиқаришининг барқарор ривожланишини таъминлаш бўйича қўйилган устувор вазифаларни самарали ҳал этишга кенг имкониятлар беради.
Ushbu ilmiy mаqоlаdа tаbiiy mоnоpоl kоrxоnаlаrni dаvlаt tоmоnidаn tаrtibgа sоlishning institutsiоnаl аsоslаri yоritilgаn. Tаbiiy mоnоpоliyаlаr sоhаlаridа fаоliyаt yuritаyоtgаn kоrxоnаlаr о‘rtаsidа rаqоbаtni rivоjlаntirish, istе’mоlchilаr huquqlаrini himоyа qilish, tаshаbbuslаrni rаg‘bаtlаntirish, nоdаvlаt nоtijоrаt kоrxоnаlаri fаоliyаtigа kо‘mаklаshish bоrаsidа оlib bоrilаyоtgаn islоhоtlаr, sоhаni dаvlаt tоmоnidаn tаrtibgа sоlishning institutsiоnаl jihаtlаri yоritilgаn vа mаvjud muаmmоlаr bо‘yichа ilmiy tаklif vа tаvsiyаlаr ishlаb chiqilgаn.
Ushbu maqolada sifatli iqtisodiy oʻsish konsepsiyasi va uning Oʻzbekiston iqtisodiy rivojlanishining markaziy koʻrsatkichi sifatidagi roli koʻrib chiqiladi. Faqat YaIM oʻsishiga qaratilgan anʼanaviy choralardan farqli oʻlaroq, sifatli iqtisodiy oʻsish barqaror rivojlanish, tarkibiy diversifikatsiya, unumdorlikni oshirish, daromadlar tengligi va ijtimoiy farovonlikka urgʻu beradi. Tadqiqotda Oʻzbekistonning soʻnggi oʻn yillikdagi iqtisodiy yoʻnalishi tahlil qilinadi, sanoat ishlab chiqarishining yaxshilanishi, inson kapitaliga investitsiyalar, texnologiyalarni joriy etish va institutsional islohotlarga urgʻu beriladi. Maqolada sifat va miqdoriy maʼlumotlardan foydalangan holda makroiqtisodiy barqarorlik, tarkibiy islohotlar va mintaqaviy rivojlanish tashabbuslari nafaqat uning koʻlamiga, balki oʻsish sifatiga qanday hissa qoʻshishi baholanadi. Maqola iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, yuqori qiymatli sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va boshqaruv samaradorligini oshirishni oʻz ichiga olgan oʻsish sifatini oshirish boʻyicha tavsiyalari bilan yakunlanadi.
Maqolada O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvi, xususan Jahon savdo tashkilotida ishtirok etish siyosatining iqtisodiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot savdo kelishuvlarining eksport, investitsiyalar va raqobatbardoshlikka ta’sirini ochib beradi. Xalqaro va mintaqaviy tajriba asosida savdo siyosatini shakllantirishda inklyuzivlik, institutsional muvofiqlashtirish va manfaatdor tomonlar ishtirokining ahamiyati yoritiladi. Empirik tahlil 2000–2024-yillar uchun O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ma’lumotlari asosida panel regressiya modeli orqali amalga oshiriladi. Natijalar JSTga a’zolik YAIM hajmini o‘rtacha 17 foizga oshirishini ko‘rsatadi. Shuningdek, JST a’zoligi investitsiya muhitini yaxshilashi, eksport diversifikatsiyasini kuchaytirishi va institutsional islohotlarni jadallashtirishi aniqlangan. Prognoz tahliliga ko‘ra, 2030-yilga kelib O‘zbekiston YAIMi JSTga a’zo bo‘lish sharoitida 245 mlrd AQSh dollariga yetishi mumkin. Maqolada savdo liberallashuvining ehtimoliy ijtimoiy va tarmoqlararo xatarlariga ham e’tibor qaratilib, muvozanatli savdo siyosati bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.
Maqolada Markaziy Osiyo mamlakatlarining JSTga a’zo bo‘lishi loyiha boshqaruvi tizimlari rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatganligi tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi O‘zbekistonning JSTga qo‘shilish jarayonida institutsional islohotlarni loyiha boshqaruvi bilan uyg‘unlashtirish zarurati bilan belgilanadi. Metodologik asos sifatida sifatli qiyosiy tahlil, keys-stadi va OECD, JST, XVJ hamda Jahon banki materiallari kontent-tahlili qo‘llanilgan. Natijalar Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘istonda bojxona tartibotlarini raqamlashtirish, “yagona darcha”, elektron xaridlar va muvofiqlik nazorati kuchayganini ko‘rsatdi. Muallifning ilmiy va amaliy hissasi O‘zbekiston uchun loyiha monitoringi, e-xaridlar va JST talablarini integratsiyalash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilganidadir.
Mazkur ilmiy maqolada turizm turlarini transformatsiyalash va diversifikatsiyalash jarayonlari xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda 2020-2025 yillar davomida pandemiyadan keyingi tiklanish bosqichida turizm sohasida amalga oshirilgan islohotlar, strategik yondashuvlar va institutsional mexanizmlar o‘rganilgan. Xususan, turizmni raqamli transformatsiya qilish, mahsulot va bozor diversifikatsiyasi, mavsumiylikni yumshatish, barqaror va “yashil” turizmni joriy etish hamda turistik xizmatlar qiymatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil etilgan. Tadqiqotda turizmni transformatsiyalash va diversifikatsiyalashning asosiy omillari sifatida davlat siyosati va strategik rejalashtirish, infratuzilmaviy investitsiyalar, raqamli texnologiyalar, madaniy va tabiiy resurslardan samarali foydalanish, hamda barqaror rivojlanish tamoyillari belgilangan. Shuningdek, xorijiy tajriba asosida milliy turizm siyosatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.