Mazkur tadqiqot XXI asrda global iqtisodiyotda muhim o‘rin tutgan innovatsion rivojlanish modellarining taqqoslama tahlilini taqdim etadi. Maqolada AQSh, Yevropa Ittifoqi, Skandinaviya mamlakatlari, Janubiy Koreya, Singapur, Yaponiya va Germaniyaning innovatsion tizimlariga chuqur nazar tashlanadi. Beshta asosiy model ochiq innovatsiyalar, Triple Helix, klaster innovatsiyalar, davlat boshqaruvi va korporativ strategiyalar 2024-yil statistik ma’lumotlari asosida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, har bir model o‘ziga xos afzalliklarga ega bo‘lib, mamlakatlarning institutsional muhiti va iqtisodiy xususiyatlariga mos ravishda moslashtiriladi. Gibrid modellar va barqaror rivojlanish maqsadlarining integratsiyasi zamonaviy innovatsion strategiyalarning asosiy tendensiyalariga aylandi. O‘zbekiston uchun taqdim etilgan tavsiyalar milliy innovatsion ekotizimni rivojlantirish yo‘llarini belgilaydi.
Ushbu maqolada sanoat korxonalarida innovatsion rivojlanishning nazariy asoslari tahlil qilingan. Innovatsiyalar sanoatning rivojida va raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada innovatsion rivojlanishning turli nazariy modellari, ularning bosqichlari va sanoat korxonalaridagi qo‘llanilishi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, innovatsiyalarni samarali boshqarish uchun zarur bo‘lgan ichki va tashqi omillar tahlil qilingan. Maqolada nazariy bilimlarni amaliy sohada qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar beriladi hamda kelgusidagi tadqiqot yo‘nalishlari belgilab berilgan.
Maqolada raqamli iqtisodiyot va davlat qarzini boshqarish integratsiyasi hamda yangi moliyaviy modellarni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Sun’iy intellekt, big data, blokcheyn va fintech texnologiyalari asosida davlat qarzini boshqarishning innovatsion yo‘nalishlari tahlil qilindi. Xalqaro tajriba hamda O‘zbekistonning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari asosida ilmiy xulosalar ishlab chiqildi.
Ушбу мақола тадбиркорликда қиймат инновациясининг асосий муваффақият омилларига оид концептуал мунозараларга ҳисса қўшишга қаратилган ва бизнес контекстида қиймат инновацияларни амалга оширишга ёрдам берадиган инновацион амалиёт ва жараёнларни тақдим этади.
Mazkur maqola innovatsion iqtisodiyot sharoitida mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining kelajakdagi senariylarini ilmiy asoslangan holda tahlil qiladi. Kirish qismida zamonaviy tendensiyalar (raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, yashil texnologiyalar va iqlim oʻzgarishi) belgilangan boʻlib, adabiyotlar sharhi soʻnggi 5 yildagi nufuzli jurnallardagi bir qancha ilmy tadqiqot ishlariga asoslangan, RIS (mintaqaviy innovatsion tizimlar) evolyutsiyasi, empirik modellar va siyosiy tavsiyalarni qamrab oladi. Metodologiya sistematik adabiyotlar tahliliga (SLR) va senariy rejalashtirishga asoslangan. Natijalar uchta senariyni koʻrsatadi: optimistik (raqamli integratsiya orqali 2–5% oʻsish), pessimistik (tengsizlik va stagnatsiya) va aralash (transformatsion moslashish). Xulosada RISni mustahkamlash va yashil innovatsiyalarga sarmoya kiritish taklif etilgan.
Bugungi kundа оliy tа’lim sоhаsi оldidа turgаn yeng muhim mаsаlаlаrdаn biri tа’lim sifаti vа bаhоlаsh tizimini tаkоmillаshtirish hаmdа rаqоbаtbаrdоsh kаdrlаr tаyyоrlаshdir. Bu hоlаt оliy tа’lim tizimini islоh qilish, nаzоrаt qilish, bаhоlаsh vа tа’lim sifаtini hаr tоmоnlаmа, hаm nаzаriy, hаm аmаliy jihаtdаn tа’minlаydigаn me’yоriy-huquqiy bаzаni о’rgаnish vа tаhlil qilishning dоlzаrbligini belgilаydi. Shungа kо’rа, ushbu mаqоlаdа hаm оliy о’quv yurtlаrining ilm-fаngа аsоslаngаn iqtisоdiyоtni rivоjlаntirishgа fаоl e’tibоri, о’qitishdа innоvаtsiоn usullаr, tаdbirkоrlik sоhаsi bilаn uzviy аlоqа о’rnаtish, universitetdа оlib bоrilаyоtgаn ilmiy tаdqiqоt ishlаrini bevоsitа ishlаb chiqаrishgа jоriy yetish kаbi mаsаlаlаr yоritib berilgаn.
Maqolada telekommunikatsiya korxonalarida xizmat ko‘rsatish jarayonlariga innovatsion faoliyatni joriy etishning ilmiy-uslubiy asoslari ochib berilgan. Globallashuv, raqamli transformatsiya va “Sanoat 4.0” sharoitida mobil qurilmalar, sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimlari, internet-provayder infratuzilmalari hamda 5G texnologiyalariga xizmat ko‘rsatishda innovatsion yondashuvlarning raqobatni kuchaytirishi, xizmat sifati, moslashuvchanlik va energiya tejamkorligini oshirishi tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda raqamli infratuzilmaning kengayishi, 5G qamrov hududlarining ortishi va milliy operatorlar faoliyatida innovatsion platformalardan foydalanish tendensiyalari yoritilgan. Nazariy jihatdan Shumpeterning “ijodiy buzilish”, Rogersning “innovatsiyalar diffuziyasi”, Service-Dominant Logic hamda institutsional yondashuvlar asosida innovatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy samarasi izohlangan.